Dia para- va ferromagnetizm tabiati


Download 153.29 Kb.
bet5/6
Sana20.06.2023
Hajmi153.29 Kb.
#1631745
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
FIZIKA SLAYD VA REFERAT

Paramagnetiklar. Paramagnit effekt sodir bo'ladigan moddalarda tashqi magnit maydonning kuchayishi kuzatiladi. Lekin bu kuchayish temperaturaga teskari proportsional bo'ladi. Bunday moddalar paramagnetiklar deb ataladi.
4. Feromagneteklar magnitlanishi. 1.Ferromagnetiklarning magnit qabul qiluvchanligi km tashqi magnit maydonga bog’liq. km ning H ga bog’liqligi bilan xarakterlanadi.
2.Ferromagnetikdagi magnit maydon induksiyasining tashqi maydon kuchlanganligiga bog’liq ravishda o'zgarishi OA egri chiziq bo'ylab sodir bo'ladi. Shundan keyin H ni kamaytira boshlasak, ferromagnetikdagi B ning qiymati AO chiziq bo'ylab kamaymasdan, balki yangi AB egri chiziq bo'ylab kamayadi. H = 0 bo'lganda ham ferromagnetikdagi magnit maydon yo'qol-maydi, OBk kesma bilan ifodalanuvchi qoldiq induksiya saqlanib qoladi.
5. Ferromagnetizmda gisterezis hodisasi. Ferromagnetiklarning magnit sindiruvchanligi g tashqi maydon kuchlanganligi H ga bog’liqligini ko’rdik. Endi
magnit induksiyasi B va H orasidagi bog’lanishni ko’raylik. Magnit-lanishda ferromagnetik ichidagi magnit maydon O dan H ning ma’lum qiymatigacha ortib boradi. Ferromagnetikdagi induksiya qiymati-ning o’zgarishi OL chiziq bilan xarakterlanadi. Agar H kamaysa, induksiyaning kamayishi LM chiziq bilan ifodalanadi. H=0
bo’lganda ham induksiya noldan farqli bo’ladi. Qoldiq magnitlanishni yo’qotish uchun esa oldingisiga teskari yo’nalishda maydon qo’yish kerak bo’ladi. Maydon kuchlanganligining B=0 dagi qiymati tutuvchi yoki koersitiv kuch Hk deyiladi. Maydon o’zgarishi bilan induksiya ham o’zgaradi. Hosil bo’lgan chiziqqa gisterezis deyiladi. Koersitiv kuchlarning qiymatiga qarab feromagnetiklar yumshoq va qattiq feromagnetiklar bo’ladi. Yumshoq feromagnetiklar uchun gisterezis sirtmog’i ingichka va koersitiv kuchlarning qiymati kichik bo’ladi.
Ularga temir, permallay va boshqalar misol bo’ladi. Yumshoq ferromagnetiklardan transformator, generator, elektrodvigatel-larning o’zaklari yasaladi.
Qattiq ferromagnetiklar uchun gisterezis sirtmog’i keng va koersitiv kuchlarning qiymatlari ham katta bo’ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, gisterezis sirtmog’ining yuzasi ferromagnetikni magnitlanish uchun barajarish kerak bo’lgan ishni xarakterlaydi.
Qattiq feromagnetiklarga po’lat va uning qotishmalari kirib, odatda ulardan doimiy magnetiklar tayyorlashadi.

Download 153.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling