Ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish
Ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish
Ta’lim jarayoni uchun xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash
O‘rgatish - o‘qitish maqsadini amalga oshirish bo‘yicha pedagogning tartiblangan faoliyati.
O‘rganish - anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o‘zgaradi.
Ta’lim - o‘qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko‘nikma, malakalar, kompetensiya va fikrlash usullari tizimi.
O‘qitish - qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan pedagog bilan o‘quvchilarning tartiblangan o‘zaro harakati.
Bilim-shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko’nikma- shaxsning biror faoliyatni tashkil eta olish layoqati.
Маlаkа-ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.
Kompetensiya - egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo‘llay olish layoqati.
Mazmun - o‘qitish jarayonida egallanishi lozim bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi.
Maqsad - o‘ qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo‘sinda safarbar etilishi.
Tashkil etish - qo‘yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo‘yicha tartiblangan didaktik jarayon.
Ta’lim shakli
Ta’lim metodlari
- ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi uslublar majmui
Do'stlaringiz bilan baham: |