Ta’lim jarayonida o’qituvchining o’qitish va o’quvchining o’qish faoliyati nimalardan iborat bo’ladi? - Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri, - deb ta’kidlanadi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Uzluksiz ta’lim tizimi o’quv - tarbiya jarayonining hamma bosqichlarini qamrab oladi hamda har tomonlama yetuk barkamol avlodni yeishtirish uchun shart - sharoitlar yaratadi. Dasturda uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari ham o’z ifodasini to’liq topgan.
Ta’lim prinsiplarining uzviy bog’liqligi - Ta’lim tamoyillari o’quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o’zaro bir - biri bilan mustahkam bog’liq holda bir sistemani tashkil etadi. Har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta’lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o’z hissasini qo’shadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o’quvchi talabalarga mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarning mohiyatini chuqur anglash va hayotga tatbiq etish muhim muammolardan biridir.
Ta’lim prinsip (tamoyil)lari tizimi - O’qitishning ilmiylik tamoyillari ta’lim jarayonida o’quvchi - talabalarni hozirgi zamon texnika fan taraqqiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirishga qaratilgan.
- Ilmiylik ta’limning mazmuniga va usullariga aloqadordir. Shunday ekan bilim ilm -fan bilan o’quv predmeti o’rtasida hamkorlik, o’zaro bog’liqlik bo’lishiga erishish lozim. Ta’limning hamma bosqichlarida ilmiy izohlashlardan foydalanmoq lozim.
- Bilimlarni tizimli va izchil o’zlashtirish qoidasi ta’limning ilmiyligi va tushunarliligi qoidalari bilan uzviy bog’liq. Tizimlilik (sistemalilik) didaktik kategoriya sifatida Ya.A.Komenskiyning asarlarida asoslab berilgan edi. U tabiatda bir narsa ikkinchi narsa bilan bog’liq bo’lganidek, ta’limda har bir narsa ikkinchisi bilan aloqada bo’lmog’i, har bir mashg’ulotda o’rganilgan bilim keyingi o’rganiladigan bilimlarga yo’l ochishi lozim, deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |