Professor O.Roziqov tizimlilikni ta’lim qoidasi sifatida quyidagi belgilarga ega ekanligini ta’kidlaydi: tartibga solinganlik, tashkiliylik, yaxlitlik, rejalilik, davomiylik, vorisiylik, istiqbolga yo’nalganlik[3] - Professor O.Roziqov tizimlilikni ta’lim qoidasi sifatida quyidagi belgilarga ega ekanligini ta’kidlaydi: tartibga solinganlik, tashkiliylik, yaxlitlik, rejalilik, davomiylik, vorisiylik, istiqbolga yo’nalganlik[3]
- Ta’limning tizimli bulishi uning izchil bo’lishi bilan bogliqdir. Izchillikka asoslangan ta’limning xarakterli belgisi shundaki, u o’quvchilarning oldindan o’zlashtirgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish, ularning o’zaro bog’lanishlarini takomillashtirish va aksincha, yangi bilimlarni bayon qilish jarayonida oldindan o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni yanada chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta’minlashga qaratilgandir.
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan turmush tajribalari bilan bog’lab olib borish ta’limning yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta’lim - tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Shundagina o’quvchi - talaba o’rganayotgan o’quv materiallarining tub mohiyatini tushunib yetadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o’qituvchi ta’lim jarayonida o’quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmog’i lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli tushunib o’zlashtirishga olib keladi - Nazariy bilimlarning amaliyot bilan turmush tajribalari bilan bog’lab olib borish ta’limning yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta’lim - tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Shundagina o’quvchi - talaba o’rganayotgan o’quv materiallarining tub mohiyatini tushunib yetadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o’qituvchi ta’lim jarayonida o’quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmog’i lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli tushunib o’zlashtirishga olib keladi
- Ta’limdagi onglilik va faollik, o’quvchidagi ko’tarinki kayfiyat, ko’proq bilishga intilish, mustaqil fikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Bilimlarni ongli va faol o’zlashtirish o’qitish jarayonining psixologik tomonlarida o’z ifodasini topadi. O’qitishda nazariy bilimlar qanchalik qat’iy bayon etilsa, o’kuvchi talabaning fikr yuritishi shunchalik aniq va ravshan bo’ladi va o’quv materiallarini ongli o’zlashtirish darajasi ham oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |