Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni o’zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday jarayonda o’qituvchi o’kuvchining mashg’ulotlarga munosabati va bu jarayonda o’zini qanday tutishga e’tibor bermog’i lozim. Shunday ekan, ta’limning samaradorligi o’qituvchining o’quvchilarni o’qishga izchil va muntazam qiziqtirib borishga bog’liqdir. Buning uchun o’qituvchi ularni o’qishga ijodiy munosabatda bo’lishga, mustaqillikka, ishchanlikka odatlantirishi lozim. - Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni o’zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday jarayonda o’qituvchi o’kuvchining mashg’ulotlarga munosabati va bu jarayonda o’zini qanday tutishga e’tibor bermog’i lozim. Shunday ekan, ta’limning samaradorligi o’qituvchining o’quvchilarni o’qishga izchil va muntazam qiziqtirib borishga bog’liqdir. Buning uchun o’qituvchi ularni o’qishga ijodiy munosabatda bo’lishga, mustaqillikka, ishchanlikka odatlantirishi lozim.
- Ta’lim jarayoni, uning mazmuni, unda ko’tarilgan hayotiy masalalar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli ta’lim shaxsni shakllantirishning asosiy manbaidir.
- O’qitib tarbiya berish deganda ta’lim va tarbiyaning bir - biridan ajralmasligini tushunamiz. Xar bir o’quv fani hatto, ayrim mavzu va mavzuchalari ham shubhasiz, tarbiyalovchilik xarakteriga ega.
- Tabiiy fanlar- matematika, kimyo, biologiya, astronomiya va boshqalarni o’zlashtirish orqali o’quvchilarda ilmiy e’tiqod, dunyoqarash shakllana boradi. Ular dunyoni o’rganish mumkinligini ilmiy asosda anglab oladilar. Har bir narsa yuzasidan haqqoniy hukm chiqarishga o’rganadilar.
- Gumanitar fanlarning tarbiyaviy ahamiyati yanada kengroq bo’lib, ular komil insonning axloqiy sifatlarini shakllantirishga har tomonlama yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |