Diffuzion Potensial Hosil Bo'lish Sabablari Va Uni Yo'qotish Sabablari
Download 119.16 Kb.
|
Diffuzion Potensial Hosil Bo\'lish Sabablari Va Uni Yo\'qotish Sab-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 81. Vodorod elektrod.
- 82.Kalomel elektrod.
- 83.Galvanik element tuzilishi.Yakobi-Daniel elementi.
80.Xlor kumush elektrodi.
Kumush xlorli elektrod. Bu elektrod KC1 ning to‘yingan eritmasiga tushirilgan AgCl tuzi bilan qoplangan kumush sim yoki plastinkadan iborat. Bu elektrodning elektrokimyoviy sxemasi quyidagicha yoziladi: Ag | AgCl | KC1. Kumush xlorli elektrodning potensiali xlor ionining faolligiga bog‘liq. Xlor ionining faolligi aCl . = 1 bo‘lganda va 25 °C temperaturada kumush xlorli elektrod potensiali +222 mV ga teng. 81. Vodorod elektrod. Vodorod elektrod qaytar tabiatli birinchi tur elektrodlarga mansub bo‘lib, u faqat eritmadagi bitta ionga — vodorod ioniga nisbatan qaytardir. Bu elektrod eng oddiy holda bir tomoni yopiq bo‘lgan idishga platina bilan qoplangan platina plastinkadan iborat boiib, u vodorod ionlari faolligi 1 ga teng bo‘lgan konsentratsiyasi 1 m o l// sulfat kislota eritmasiga tushirilgan. Bu eritmadan 1 atm (101,325 kPa) bosim ostida o‘ta toza vodorod o‘tkazilganda gaz yuqoriga ko‘tariladi va platinada adsorbsiyaVodorod elektrodi juda aniq va sezgirligi juda yuqori bo‘lgani sababli, va uni tayyorlash va ishlatish texnik qiyinchiliklarga olib kelgani bois ko‘p hollarda boshqa elektrodlardan foydalaniladi. 82.Kalomel elektrod. Kalomel elektrodi. Bu elektrod idish tagida joylashgan bir necha tomchi simob va maydalangan Hg2Cl2 (kalomel)ning ustida KC1 ning to‘yingan eritmasi quyilgan sistemadan iborat. Kalomel elektrodning elektrokimyoviy sxemasi quyidagicha yoziladi: Hg | Hg2Cl2 | KC1. Bu elektrodning potensial qiymati ham xlor ionlarining faolligiga (KC1 eritmasining konsentratsiyasiga) bog‘liq bo'lib, +246 mV ga teng. 83.Galvanik element tuzilishi.Yakobi-Daniel elementi. Galvanik element deb kimyoviy energiyani elektr energiyaga aylantiradigan va 2 ta o‘z tuzi eritmasiga tushirilgan va bir-biriga ulangan elektrodlardan tuzilgan sistemaga aytiladi. Galvanik elementlar: 1) elektrod potensiali belgisi va tabiati bilan farqlanadigan elektrodlardan, masalan: Zn/Zn2+ (—0,762 V) va Cu/Cu2+ (+0,34 V) metallardan tuzilgan; 2) bir xil potensial belgisi, ammo turli metallardan iborat elektrodlardan, masalan Cu/Cu2+ (+0,34 V) va Au/Au+ (+0,70 V) tashkil topgan; 3) turli konsentratsiyali tuz eritmasiga tushirilgan bir xil metall elektrodlardan iborat bo'ladi (konsentratsion element deyiladi). 2 metalli galvanik elementlarga Yakobi—Daniel elementini misol qilib keltirish mumkin. Bu element mis va rux elektrodlarining ulaming sulfat tuzlari eritmalariga tushirilgan sistemadan iborat. Mis elektrod Cu2+ ioni bor eritmaga (CuS04 eritmasiga), rux elektrod Zn2+ ioni bor eritmaga (ZnS04 eritmasiga) tushirilgan . Elektrodlar o‘zaro sim bilan, eritmalar KC1 ning agar agarli ko‘prikchasi bilan ulangan. Bu element zanjiri quyidagicha yoziladi: Cu / CuS04 / KCl / ZnS04 / Zn Download 119.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling