«digital technologies in modern education: current trends and development factors in philology and pedagogy»
-9-қисм «ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМДА РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР: ФИЛОЛОГИЯ ВА ПЕДАГОГИКА
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
34-23-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- -shaxssizlik
8-9-қисм
«ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМДА РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР: ФИЛОЛОГИЯ ВА ПЕДАГОГИКА СОҲАСИДА ЗАМОНАВИЙ ТЕНДЕНЦИЯЛАР ВА РИВОЖЛАНИШ ОМИЛЛАРИ» Сентябрь-Октябрь 2021 turgan eng asosiy va dolzarb masalalardan biridir. Qabul qilinajak qonunlarimiz qachonki, o‘zbek tilining qonun-qoidalariga bo‘ysunsa, shunda ular barhayot bo‘ladi, xalq manfaatlarini ifoda etadi. Huquqiy davlatning tili ham, huquqiy davlatning asosi ham, huquqiy davlatning quroli ham qonun hisoblanadi. Huquqiy davlatning kuchli yoki kuchsiz bo‘lishi qabul qilinadigan qonunlarga ko‘p jihatdan bog‘liq. Qonunning tushunarli, aniq, ravon bo‘lishida qonunlarning qabul qilinish jarayoni bilan birga tilning qonun-qoidalari, ularning qanday ekanligi muhim ahamiyatga ega. Avvalo, qonun tilining o‘ziga xos xususiyatlari xususida so‘zimizni davom ettirsak. Qonun tili bu qonunlarning qabul qilinishida asos bo‘luvchi til bo‘lib, qabul qilinayotgan qonunning aniq, ravon, tushinarli va soda bo‘lishi ushun xizmat qilmog‘i kerak. Qonun tilida ham o‘zbek tilining leksik, grammatik, fonetik, morfologik, lingvistik, punktuatsion va boshqa barcha qoidalaridan unumli foydlaniladi. Qonun tilining asosiy xususiyatlaridan biri bu uning yuridik tilning asosiy qismlaridan biri hisoblanishi bilan izohlanishidadir. Shu bilan birga, qonun tilining o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat: -aniqlik 1 . Aniqlik qonun tilining asosiy belgilaridan biri hisoblanib, tushunchaning mohiyati qonun moddalarida to‘laqonli ifodalanishi va fuqarolarning barchasi uchun tez va oson anglanishi uchun xizmat qiladi. Uni til qonunlaridan unumli foydalanish va qiyin so‘z va terminlarda imkon qadar foydalanmaslik ta’minlaydi. -qisqalik. Bu belgi qonunlarning, qonun moddalarining imkon qadar siqiq, sodda va mufassal bo‘lishi zarurligini ifodalaydi. Qonun qabul qilish bu jiddiy ish. Ushbu belgi qonunning tushunilishini va amaliyotga tatbiq etilishini yanada tezlashtiradi. Aynan, qisqa jumlalar bilan keng ma’nolarni anglata olish ushbu belgining xususiyatlaridan biri. -shaxssizlik. Qonun odatda muayyan bir shaxsga yo‘naltirilmaydi, jamiyatdagi mavjud yoki vujudga kelgan eng muhim va asosiy ijtimoiy munosabatlarning yechimiga qaratiladi. Shu bilan birga, qonun moddalarining kesimi majhul nisbatdagi fe’llar bilan ifodalanadi. Fe’lning majhul nisbatida obyekt ma’lum bo‘lsa-da, subyekt noma’lum bo‘ladi. Misol uchun, sudlarda ishlar asosan o‘zbek, qoraqalpoq va mahalliy aholining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tilda olib boriladi(O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuni, 6-bet) 2 . Qonun shaxssiz tilde yozilsagina, undan har qanday vazuyatda har kim foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling