deyish to'g'ri bo'lmaydi, chunki ularda zarb bo'lgani holda, misra
pauzasi mavjud emas.
She’ming ma’lum miqdordagi misralardan tarkib topib, mazmun
va ritmik-intonatsion jihatdan nisbiy tugallikka ega bo'lgan bo'lagi
band deb yuritiladi. Eng kichik band — ikki misra. Ikkilik bandlar
odatda o'zaro qofiyalangan misralardan tarkib topadi. Mumtoz
adabiyotimizda ikkilik band shaklini masnaviy shakli deb yuritiladi.
Ikkilik bandning alohida bir ko'rinishi baytdir.
Bayt masnaviydan qofiyalanish tartibi jihatidan (dastlabki bayt
o'zaro qofiyalanadi, keyingi baytlaming ikkinchi misrasi birinchi
bayt bilan qofiyadosh bo'ladi) farqlanadi. Demak, biz g'azal, qasida,
qit’a janridagi asarlaming bandlariga nisbatangina «bayt» atamasini
ishlatsak to'g'ri bo'ladi. Uchlik bandlar nisbatan kam ishlatiladi.
Mumtoz adabiyotimizda uchlik bandlar musallas(musallis) deb
yuritiladi. Shu tarzda mumtoz adabiyotimizda to'rt misralik —
murabba’, besh misralik — muxammas, olti misralik — musaddas,
etti misralik — musabba’, sakkiz misralik — musamman singari band
shakllari ajratilgan. Mumtoz adabiyotimizdagi «musammat» degan
umumiy nom ostida yuritiluvchi turg'un she’riy shakllar she’rning
necha misralik bandlardan tarkiblanganiga qarab nomlanadi.
Yuqorida aytdikki, keng ma’noda ritm muayyan bo'laklaming
ma’lum vaqt oralig'ida tartibli takrorlanishi, she’riy ritm deganda esa
she’r misralaridagi ritmik bo'laklaming ma’lum o'lchov asosida tartibli
takrorlanishidan hosil bo'luvchi ohang tushuniladi. Buni konkret
misol asosida ko'rib o ‘taylik:
-
V -
-
/
Do'stlaringiz bilan baham: |