Ritmik bo'laklaming o'lchov birligi sifatidagi ahamiyati turli
she’rlarda turlicha namoyon bo'ladi. Masalan, izometrik (misralardagi
bo'g'inlar soni bir xil bo'lgan) she’rlarda bo'g'in, turoq, misra va
band birdek ahamiyatga ega bo'lsa, getrometrik misralardagi bo'g'inlar
soni turlicha bo'lgan she’rlarda ulaming mavqei o'zgaradi. Masalan,
A.Qutbiddin qalamiga mansub she’rlardan birining ritmik qurilishi
tubandagicha:
She’ming boshqa bandlari ham ayni shu tartibda qurilgan.
She’ming birinchi va ikkinchi misralari 11 bo'g'indan bo'lib, uchinchi
va to'rtinchi misralar qo'shilgan holda 11 bo'g'inni tashkil qilishi
ko'rinib turibdi. Biroq uchinchi va to'rtinchi misralaming qo'shilishi,
birinchidan, she’rning intonatsiyasi, ikkinchidan, qofiyalanish
tartibiga ta’sir qiladi. Sababi, bu ikki misra qo'shilgani holda ular
orasida nisbatan qisqa (turoqlararo) pauza tushishi lozim bo'ladiki,
bu narsa intonatsiyaga ta’sir qiladi. Zero, hozirgi holatida har ikki
misraning alohida satrlarga chiqarilishi ulaming o'qilishidagi ta’kidni
kuchaytiradi. Xullas, she’rdagi beshta bandning hammasi shu tartibda
misralarga bo'linganki, bu xil she’rlami getrometrik she’r deb ataladi.
Yuqorida Navoiy bayti asosida ko'rganimiz har bir ritmik bo'lak (hijo,
turoq, misra va band)ning o'z holicha ritmik birlik bo'lib kelishi bunda
kuzatilmaydi. Ya’ni bo'g'inlar soni teng emasligi bois bo'g'inning,
turoqlardagi bo'g'inlar soni turlichaligi sababli turoqning, misralarda
turoqlaming bir xil tartib va miqdorda bo'lmaganligi sababli misraning
ritmik bo'lak (birlik) sifatidagi ahamiyati susayadi, bularning vazifasini
to'laligicha band o'z zimmasiga oladi. Ya’ni she’ming ritmik qurilishi
Baliqning tishi-la, tilimni tildim,
Do'stlaringiz bilan baham: |