She’riy nutqning ritmik qurilishini yaxshiroq tasawur qilish
uchun ritmik boMak va ritmik vositalami belgilab olishimiz zarur. Ritmik
boMaklar sifatida bo‘gMn (hijo), turoq(rukn), misra va bandni olamiz.
Mazkur tushunchalar bilan siz maktabda tanishganligingizni hisobga
olib, bu o ‘rinda ularga qisqacha to‘xtalish bilan kifoyalanamiz.
Bo‘gMn (hijo) bir havo zarbi bilan aytiluvchi tovush yoki
tovushlar guruhi bo‘lib, u barcha she’r tizimlarida eng kichik ritmik
bo‘lak sanaladi. 0 ‘zbek she’riyatida qollaniluvchi barmoq tizimi uchun
bo‘g‘inning sifati (qisqa, cho‘ziq yoki o‘ta cho‘ziqligi, ochiq yoki
yopiqligi, urg‘uli yoki urg‘usizligi) ahamiyatsiz bo‘lsa, aruz tizimida
uning qisqa, cho‘ziq va o ‘ta cho‘ziq navlari ajratiladi.
Turoq bilan ruknning ritmik bo‘lak sifatidagi ahamiyati va darajasi
teng keladi. Barmoq tizimiga xos bo‘lmish turoq bo'g'inlaming ma’lum
miqdorda guruhlanishidan hosil bo'lsa, aruz tizimiga xos rukn qisqa
va cho‘ziq hijolaming ma’lum tartibda guruhlanishidan hosil bo‘ladi.
Bu o ‘rinda bitta narsani unutmaslik kerakki, turoq so‘zni hech vaqt
bo‘lmagani holda, rukn so‘zning bir qisminigina o ‘ziga olishi, ya’ni
uni bo'lib yuborishi mumkin.
She’ming alohida satrga joylashtirilgan bo‘lagi misra deb yuritiladi.
Misra bir necha turoq (rukn)ni birlashtirishi ham, birgina turoqqa,
ya’ni birgina so‘zga teng bo‘lishi ham mumkin. Biroq uning misra deb
atalishi uchun katta-kichikligining ahamiyati yo‘q. Misra oxirida zarb
bo'lishi, o'zidan keyin sezilarli pauzaning mavjudligi bilan
xarakterlanadi. Shu jihatdan qaralsa, erkin she’rlardagi uchraydigan
zinapoya shakliga solinib, har biri alohida satrga joylangan so'zni misra
Do'stlaringiz bilan baham: |