Chorasiz qolsa odam - muhabbatga suyangay...
(A. Ochilov)
Sintaktik parallelizmning boshqa bir turi xiazm deb atalib
(mumtoz poetikada tardu aks), unda bir misradagi sintaktik qurilma
ikkinchisida teskari tartibda takrorlanadi:
«Meni ham bir yigit shunday sevsaydi
Sevib o ‘ldirsaydi meni ham shunday»
(X. Davron)
She’riy sintaksisda eng keng qo‘llaniluvchi vositalardan biri
takrordir. Avvalo shuni aytish kerakki, takror tilning barcha sathlariga
xos hodisa bo‘lib, she’riyatda uning bir qator xususiy (tovush takrori,
s o ‘z takrori, anafora, epifora, m a’no takrori, m a’noning
kuchaytirilgan va susaytirilgan takrori, misra takrori, band takrori)
ko'rinishlari faol qo'llaniladi. She’riy misralarda bir xil tovushlar
takrori alliteratsiya deb yuritiladi. Alliterasiyaning vokal alliteratsiya
(unlilar takrori) va konsonans alliteratsiya (undoshlar takrori) turlari
mavjud.
So'z takrori ham sintaktik usullardan sanalib, u fikrni ta’kidlab
ifodalash bilan birga ohangdorlikni oshirishga va shular asosida
she’ming ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, X.Davron
bir she’rida yozadi:
Oppoq edi boshda bu dunyo,
Ko'cha oppoq, kechalar oppoq.
Qanday yaxshi ekan bolalik,
Oppoq ranglar bilan yashamoq...
Bir bandning o'zida «oppoq» so'zi to'rt marta takrorlanmoqda.
Bolalik sog'inchi ifodalangan she’rda «oppoq» so'zining ta’kidlab
takrorlanishi bejiz emas - lirik qahramonning sog'inchi aslida o'sha
oqlik, musafifolik, beg'uborlik sog'inchidir. Bu o'rinda «oppoq»
so'zining ta ’kidli takrori lirik qahram on kechinm asining
Do'stlaringiz bilan baham: |