misrani ta’kidlab ko'rsatishga, she’ming ohangdorligi, musiqiyligi,
ta’sirdorligini oshirishga xizmat qiladi. She’rni o'qish davomida (bu
narsa ayniqsa yoddan o'qilganda yoki she’r tinglanganda yaqqol
seziladi) qofiya misraning tugaganidan darak beradi, pauza bajarayotgan
ajratish funksiyasini ta’kidlaydi.
She’riyatda qofiyaning bir qator ko'rinishlari (to'liq va to'liqsiz
qofiya; unlilar ohangdoshligigagina asoslangan assonans va undosh
tovushlar ohangdoshligigagina asoslangan dissonans qofiyalar; ms
she’riyatida ochiq yoki yopiq bo'g'in bilan tugashiga qarab ochiq -
«jenskaya rifma», yopiq - «mujskaya rifma» va b.) mavjud. Jumladan,
hozirgi o‘zbek she’riyatida qofiyadagi tovushlaming qay darajada mosligi
jihatidan och (to'liqsiz) va to‘q (to'liq) qofiyalar ajratiladi. To'liq
qofiyada qofiyadosh so'zlarning tovush tarkibi to'la mos (misol
tariqasida A.Qutbiddin qofiyalaridan keltiramiz: «buzib - uzib»,
«lo'killaganda - lopillaganda», «izlardan - yuzlardan») kelsa, to'liqsiz
qofiyalarda qisman mos («dahriy - qahridan», «tutun - Alovuddin»,
«titrab - guldurak») keladi.
Qofiyalanish tartibi deganda, banddagi misrlaming o'zaro
qofiyalanish sxemasi nazarda tutiladi. Banddagi qofiyalanish tartibi
turlicha bo'lib, bu tartib bandning ritmik-intonatsion butuniikka
birikishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi tomondan, o'qish
jarayonida qofiya misraning tugaganligini ta’kidlaganidek, qofiyalanish
tartibi bandning shakllanib bo'lganligi, tugaganini ta’kidlaydi. Masalan,
to'rt misrali a - b - a - b tarzida qofiyalangan she’r o'qilayotgan bo'lsa,
o'quvchi keyingi bandlarda ham shu xil tartibni kutadi, tartib
Do'stlaringiz bilan baham: |