«Qoya» nomli getrometrik she’ri quyidagicha bandlardan tarkib
topadi:
Birinchi she’rda barmoq tizimiga xos izosillabizm misralarni
qo'shish hisobiga, band ichida yuzaga keladi. Ikkinchi she’rda esa band
ichida izosillabizm mavjud emas, u she’r butunligida namoyon bo'ladi,
ya’ni bu she’ming har bir bandi 32 bo'g'indan tashkil topgan bo'lib,
ulaming misralararo taqsimlanishi 9-9-9-5 tarzida amalga oshadi. Bu
xil vaznlaming yuzaga kelishi barmoq tizimining ritmik imkoniyatlarini
kengaytirgani shubhasiz. Va, shuni ham ta’kidlash kerakki, hali
barmoq tizimining ritmik-intonatsion imkoniyatlari to'la ro'yobga
chiqarilgan emas. Shu bilan birga, XX asr o'zbek she’riyatida
yetakchilik qilgan bu she’riy tizim o'tgan vaqt davomida sezilarli sifat
o'zgarishlarini boshdan kechirdi, o'zining bir talay ritmik-
imkoniyatlarini namoyon eta oldi. Mazkur masalani maxsus tadqiqot
obyekti sifatida o'rganish adabiyotshunosligimizning galdagi
vazifalaridan bo'lib turibdi. Umid qilamizki, yuqoridagi
mulohazalarimiz sizga barmoq tizimi juda sodda, jo'n («barmoq bilan
bo'g'inlar sanab qo'yilsa bo'ladigan») hodisa emasligini ayon qildi va
Barmoqlar o'ch toriga,
Oqshom chog'ida.
Dil roz aytar yoriga
Visol bog'ida.
7
5
7
5
Tolzor kuz rangida va salqin.
Daraxtlarda yaproqlar oltin.
Tog'dan esar el oqin-oqin,
Tag'in bo'lur tin.
9
9
9
5
siz bu masalani mustaqil tarzda chuqurroq o'rganishga harakat qilasiz.
Hozirgi o‘zbek she’riyatida ancha keng qo‘llanilayotgan she’r
Do'stlaringiz bilan baham: |