Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


atamasi uning asoschisi Halil ibn Ahmad yashagan joydagi vodiy


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

atamasi uning asoschisi Halil ibn Ahmad yashagan joydagi vodiy 
nomi bilan bogMiq ekan. Boshqa aruzshunoslar, xususan, Vohid 
Tabriziy esa «aruz» arab tilida chodimi tutib turish uchun o‘rtaga 
qo'yiladigan yog‘och(ustun)ni anglatadi va aruz atamasi shu so‘zdan 
olingan, deb hisoblaydilar. Ular bu fikrning qo'shimcha asosi sifatida 
yana baytdagi birinchi misraning ham «aruz» deb atalishi, baytning 
ham (xuddi chodir «aruz»ga tayanganidek) shu ruknga tayanishi, 
ya’ni shu rukn o'qilganda she’rning qaysi vaznda ekanligi aniq 
boMishini keltiradilar. Bu fikrlaming qaysi biri haqiqatga yaqinligidan 
qat’i nazar, biz «aruz»ning istilohiy ma’nosi bilan ish ko'ramiz, 
ya’ni «aruz» deganda, sharq she’riyatida keng tarqalgan metrik she’r 
tizimini tushunamiz.
Mutaxassilar aruz she’r tizimi arab adabiyotida YIII asrdan 
maydonga kelgani va IX asidanoq forsiy tildagi adabiyotda ham qo'llanila 
boshlaganini qayd qiladilar. Turkiy xalqlar adabiyotida, jumladan 
o'zbek adabiyotida ham aruzning qo'llanila boshlashi taxminan shu 
vaqtga to'g'ri keladi, degan fikr mavjud. Fitrat bu haqda to'xtalib: 
«Bizning O'rta Osiyo turklari tomonidan qachon qabul etilgani aniq 
emas. Biroq hijriy 462 da Qashqarda yozilgan mashhur «Qutadg'u 
bilik» kitobining shu aruz vaznida yozilg'ani e’tibor etilsa, juda eskidan 
qabul etilgani ma’lum bo'ladur», deb yozadi. Modomiki, turkiy tildagi 
aruzda yaratilgan ilk asar sifatida hozircha «Qutadg'u bilik» tan olinar


ekan, aruzning turkiy adabiyotda qaror topishi taxminan X-XI asrlarga 
to'g'ri keladi deyish mumkin.
Aruzdagi eng kichik ritmik bo'lak sifatida ayrim mutaxassislar 
(arab va fors aruzshunosligi an’analariga muvofiq) harfni, boshqalari 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling