Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


esa (turkiy tillar va turkiy aruz xususiyatlaridan kelib chiqib) hijoni


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

esa (turkiy tillar va turkiy aruz xususiyatlaridan kelib chiqib) hijoni 
ko'rsatishadi. Ya’ni eng kichik ritmik bo'lak sifatida harfning olinishi 
arab tili (va yozuvi) uchun xosroq, o'zbek tili uchun esa hijoning 
olingani qulayroq. Shunday bo'lsa ham, aruzdagi tarkiblanishni 
yaxshiroq tasavvur qilish uchun harf eng kichik birlik sifatida olingan 
holatdagi tarkiblanishga qisqacha to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq.
Demak, arab aruzshunosligida eng kichik ritmik bo'lak — harf, 
harf esa ikki turli bo'ladi: mutaharrik (cho'zg'ili) va sokin (cho'zg'isiz). 
Cho'zg'i deganda, unli tovush tushuniladi. Masalan, «ko'z» so'zi 
ikkita harf: bir mutaharrik («ко'») va bir sokindan («z») tarkib 
topadi. Mutaharrik va sokin harflaming muayyan tartibda qo'shilishidan 
juzvlar yuzaga keladi. Juzvlar harfga nisbatan kattaroq ritmik bo'lak 
sanalib, ular har biri o'z ichida ikkiga bo'linadigan uch turga ajratiladi: 
sabab, vatad va fosila. Juzvlarning muayyan tartibda birikishidan 
ruknlar, ruknlarning she’r misrasida muayyan tartibda 
takrorlanishidan bahrlar hosil bo'ladi. Bulardan anglashiladiki, aruz 
qismlari o'zaro mustahkam aloqada bo'lgan sistema sifatida juda puxta 
ishlangan she’r tizimi ekan.
O'zbek aruzi uchun eng kichik ritmik bo'lak sifatida hijo olinishi 
aytildi. Hijolar uch turli bo'ladi: qisqa, cho'ziq va o'ta cho'ziq. Birgina 
qisqa unlidan (a -lam, i - lik) iborat bo'lgan yoki qisqa unli bilan 
tugagan ochiq bo'g'in (ma - kon, ba - lo) qisqa hijo hisoblanadi, u 
paradigmada (v) belgisi bilan ifodalanadi. Cho'ziq hijo cho'ziq unli 
bilan tugagan ochiq bo'g'in yoki qisqa unlili yopiq bo'g'inga teng 
bo'lib, paradigmada (-) belgisi bilan ifodalanadi. Tarkibida cho'ziq 
unli bo'lgan (chi - roq) yoki qo'sh undosh bilan tugallangan yopiq 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling