Hijodan keyingi ritmik bo‘lak - juzvni alohida ajratish o‘zbek
aruzi uchun unchalik zarur bo‘lmasa-da, ularga ham qisman to‘xtalib
o‘tamiz. Yuqorida aytilganidek, uchta juzvning birinchisi sabab deb
nomlanadi. Sabab o'z ichida ikkiga bo'linadi:
1)
sababi hafif bir harakatli va bir sokin harfning qo'shilishidan
yuzaga keladi, ya’ni bir cho'ziq hijoga teng bo'ladi: ko'z, so'z, yuz (-);
2)
sababi saqiyl ikki harakatli harfning qo'shilishidan hosil bo'ladi,
ya’ni ikki qisqa hijoga teng bo'ladi: o'zi, ko'zi, so'zi (v v);
Vatad juzvi ham asosan ikki xil:
1)
vatadi majmu’ ikki harakatli va bir sokinning qo'shilishidan
hosil bo'ladi, ya’ni bitta qisqa va bitta cho'ziq hijoga teng: malak, palak
2)
vatadi mafruq ikki harakatli o'rtasida bir
harakatsiz harf kelishidan
hosil bo'ladi. ya’ni bir cho'ziq va bir qisqa hijoga teng: hafta, chipta (- v ).
Fosila juzvi ham ikki turli:
1)
fosilai sug'ro uchta mutaharrikdan so'ng bir sokin kelishidan
hosil bo'ladi, ya’ni ikkita qisqa va bir cho'ziq hijoga teng: kapalak (v
2)
fosilai kubro to'rt mutaharrikdan so'ng bir sokin kelishidan
hosil bo'ladi, ya’ni, uchta qisqa va bir cho'ziq hijoga teng bo'ladi:
kurashajak ( v v v - )
Keyingi ritmik bo'lak - ruknlai juzviarning muayyan tartibda
birikishidan hosil bo'ladi. Masalan, bitta vatadi majmu’ (v -) va ikki
sababi hafif (-) birikuvidan mafoiylun ( v ----- ) rukni hosil bo'ladi.
Aruz tizimining asosini tashkil etuvchi sakkizta asi rukn (asllar)
quyidagilar:
(v -)
Do'stlaringiz bilan baham: