Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
Ochib og‘zin qilay deb dastbo‘si,
Muyassar bo‘lmayin bu orzusi. Bobda «insonlar payg‗ambar belgilab bergan shariat qoidalari asosida yashasalargina haqiqiy saodatga erishadilar» degan g‗oya ilgari suriladi. 211 5-bob me‘roj tuni ta‘rifiga bag‗ishlangan bo‗lib, payg‗ambarning Buroq oti yordamida Alloh huzuriga yo‗l olishi tasviri beriladi. Dostonning 6-bobi qalam ta‘rifi hamda ulug‗ salaflar – Nizomiy va Dehlaviylar madhini o‗z ichiga oladi. Hazrat Navoiy Nizomiyni xazinadorga, uning ma‘nolarga to‗la asarlarini xazinalarga o‗xshatib ta‘riflaydi. Xusrav Dehlaviyni u yashagan Hindiston bilan bog‗liq holda hindu, to‗ti, bulbul, qaqnus, mushk hidli bulutga o‗xshatadi. «Xamsa» yozish an‘anasini kurash maydoniga o‗xshatib, o‗zining bugungi kunda nihoyatda mashhur baytlarini yozadi: Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasig‘a panja urmoq. Tutaykim qildi o‘z changini ranja, Nekim urdi aning changiga panja. Kerak sher ollida ham sheri jangi, Agar sher o‘lmasa, bori palangi. 7-bob «hazrati shayx ul-islomiy mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy» madhidadir. Alisher Navoiy Nizomiy va Dehlaviyni ikkita filga o‗xshatgani holda Jomiyni yuz filga o‗xshatadi. So‗z o‗yini vositasida uni XI – XII asrlarda yashagan mashhur so‗fiy Zinda piri Jomiyga qiyoslaydi, «fano timsoli», «jahoni begaron» (cheksiz jahon), «olami kubro» (ulug‗ olam) deb ataydi. Bob Jomiy qo‗lidan bir jom ichish umidi bilan yakunlanadi: Keturgil, soqiy, ul jomi kiromiy Ki, tutsun rindlar sarxayli Jomiy. Chu piri dayr may qildi havola, Icharmen gar erur gardun piyola. Navbatdagi bob dostonning yozilish sababi haqida. Bu bobda shoir dostonni yaratish orzusi paydo bo‗lgach, bepoyon dur-u gavharlar dengiziga cho‗mganligini, ya‘ni ko‗p mutolaa qilganligini, tinmay o‗ylaganligini aytadi. Dostonni yozishga undagan 212 sabablardan biri o‗zining muhabbati, bu ishqning alam va iztiroblari ekanligini aytib, u tufayli o‗ziga yetishgan azob-u uqubatlarni bayon qiladi. Shunda unga g‗oyibdan nido kelib, hotif (g‗oyibdan oq fotiha beruvchi) uni yangi bir asarni yozishga ilhomlantirganini, keyin Jomiyning oldiga borganida u ham shoirni duo qilib, bu ishda unga oq yo‗l tilaganini yozadi. 9-bob asar rejasini tuzib olgani, turli afsonalar, tarixiy manbalarni ko‗rib chiqqani, shu mavzuda yozilgan dostonlarda yo‗l qo‗yilgan xatolarni tuzatib, o‗z g‗oyalarini qay tarzda ifoda etmoqni niyat qilgani bayonidadir. Bunda Navoiy yozilajak asari yangi bo‗lishi lozimligini, avval shu mavzuda yaratilgan dostonlarni takrorlamaslik kerakligini ta‘kidlaydi: Ani nazm etki, tarhing toza bo‘lg‘ay, Ulusqa mayli beandoza bo‘lg‘ay. Yo‘q ersa nazm qilg‘onni xaloyiq, Mukarrar aylamak sendin ne loyiq. Xush ermas el so‘ngincha raxsh surmak, Yo‘likim, el yugurmishtur yugurmak. Dostonning 10-bobi Sulton Husayn Boyqaro ta‘rifiga bag‗ishlangan. Navoiy uni sultonlar ichida Shoh G‗oziy, g‗azot maydonida Ali ibn Abu Tolib, shariat rivojida payg‗ambar singaridir deb ulug‗laydi va uni adolatli, saxovatli hukmdor sifatida madh qiladi. 11-bob shahzoda Badiuzzamon Bahodir madhiga bag‗ishlangan. Navoiy uni «Badi ud-dahr-u Doroyi zamon» deb atab, uning ismini kitobot (harf) san‘ati asosida sharhlab o‗tadi. Shahzodaning ismi 10 harfdan iborat bo‗lib, Navoiy uning har bir harfiga alohida ma‘no yuklaydi. Navoiy yuqorida dostonni yaratishdan maqsad «ishq, ya‘ni ilohiy ishq dardini kuylash» ekanligini aytib o‗tgan edi: Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling