Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Ilmiy tadqiqotlari
- 15.5. Hamza Hakimzoda Niyoziy ( 1889 – 1929 ) Hayotiga doir muhim ma’lumotlar
III. She’rlari
«Sayha» (Na‘ra, 1911 – 1912-yillarda forsiy tilda yozilgan she‘rlari to‗plami) «Kim deyay seni» «Achchiqlanma degan eding» «Nega bo‗yla» «Yana yondim» «Shoir» (she‘rda ishq «eng nozli, erka, injiq yog‘dusidir» deb tasvirlanadi, shoir «yoz gulining yaprog‘idan to‘qilgan «so‘zlar» bilan o‘rab, bizga topshirish uchun izlaydi») «Sharq» (1920, she‘rdagi «O‘tlar aro yonib turgan qishloqlar», «Tinch turg‘onlar talandilar omonsiz» misralari Qo‗qonga, yuholarcha talangan vodiy xalqiga ishoradir) «Mening kecham» «Yana yondim» she‘rlari «Yurt qayg‗usi» ruknidagi mansuralar erkin sarbast vaznida bitilgan 323 IV. Ilmiy tadqiqotlari «Bedil» (Moskva hamda Sankt-Peterburgdalik chog‗larida yaratilgan ilmiy-ommabop ocherk) «O‗zbek tili qoidalari to‗g‗risida bir tajriba: Sarf (1-kitob), Nahv (2- kitob)» «Sarfi zaboni tojik» «Adabiyot qoidalari» (darslik-qo‗llanma) «Eng eski turkiy adabiyot namunalari» «O‗zbek adabiyoti namunalari» «Sharq shaxmati» «O‗zbek klassik musiqasi va uning tarixi» «Fors shoiri Umar Xayyom» «Aruz haqida» (1936) 15.5. Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889 – 1929) Hayotiga doir muhim ma’lumotlar Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889-yilning 6-mart kuni Qo‗qon shahrida tug‗ilgan. Otasi Ibn Yamin mashhur tabib bo‗lganligi sabab, shoir o‗z taxallusiga Hakimzoda nomini qo‗shgan. Onasining ismi Jahonbibi edi. Hamza dastlabki ta‘limni shahardagi eski maktab va madrasalarda oldi, o‗sha paytda urf bo‗la boshlagan rus-tuzem maktabida rus tilini o‗rganishga harakat qildi. 1899 – 1906- yillarda Qo‗qondagi madrasalarning birida ta‘lim oldi. 1908-yili esa Namanganga borib 7 – 8 oy davomida tahsil ko‗rdi. Shu davrda Orenburg va Ufada nashr etilgan gazeta- jurnallarni o‗qib jadidchilik g‗oyalari bilan tanishdi. Badiiy ijod sohasida uning dastlabki ustozlaridan biri tatar maorifchisi Abdulla To‗qmullin bo‗lgandi. Bu haqda keyinchalik adib shunday xotirlagan: «Ul menim qo‗limda o‗z qalamim bilan yuz sahifadan ortig‗roq eski usuldagi yozishmalarimi ko‗rib tarbiyag‗a kirishdi». 324 1909-yili Hamza arab tilini o‗rganish uchun Buxoroga boradi. Biroq shahardagi diniy guruhlar o‗rtasidagi mojarolar tufayli Kogon shahriga chetlanib, u yerdagi matbaa korxonasida ishlaydi. 1910-yili Toshkentga kelgan Hamza ma‘rifatchilik faoliyatini boshlaydi. Bu yerda Munavvarqori Abdurashidxon o‗g‗li boshchiligidagi jadidlar – yangilik tarafdorlari safiga qo‗shiladi. Shaharning Qashqar mahallasida usuli jadid (yangi usulda o‗qitadigan) maktabini tashkil qiladi. 1911-yili Qo‗qonda ochganida, hukmron chor ma‘murlari tomonidan yopiladi. O‗sha yili Hamza haj safari davomida Afg‗oniston, Hindiston, Turkiya, Arabiston o‗lkalarida bo‗ladi. Yurtiga qaytib ma‘rifatparvarlik ishini davom ettiradi, ammo uning Marg‗ilon va Qo‗qon shaharlarida ochgan maktablari yana tazyiqqa uchraydi: «1914-yilning oxirlarida Marg‘ilonda maktab ochdim. Sakkizinchi oygacha bormay Andreyev ismindag‘i Skobel (Farg‘ona shahri nomini chor hukumati shunday deb o‘zgartirgan edi – tahr.) maorif rahbari tomonidan majburiy yopildi... Undan yana Xo‘qand kelib, yo‘qsil bolalar uchun pulsiz o‘qish maktabi ochdim... o‘zim 4 oyga davom ettirgandan keyin uyezd nachayligi Medinskiy tomonidan tintuv bo‘lib yopildi. Lekin hech qanday qog‘ozlarim qo‘liga tushmagani uchun qamalmay qutuldim». 1917-yil o‗rtalarida Hamza ba‘zi bir sabablarga ko‗ra Qo‗qondan qochib, taniqli ma‘rifatparvar Saidnosir Mirjalilovning Turkiston shahridagi uyida yashashga majbur bo‗ldi. So‗ng «Kengash» va «Hurriyat» jurnallarida muharrir (1917), Farg‗ona viloyati madaniy-maorif bo‗limida xodim (1918), teatr truppasida rejissyor (1919), muhtojlar uchun ochilgan maktabda mudir (1920), Buxorodagi teatr truppasida rahbar (1921), Xorazm viloyatidagi madaniy-ma‘rifiy muassasalarda mudir (1921 – 1924) vazifalarida ishlaydi, xalqning turmush sharoiti, o‗y-fikrlari bilan yaqindan tanishadi. U 1926-yili birinchilardan bo‗lib O‗zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga sazovor bo‗ladi va o‗sha yildan e‘tiboran erkin ijod bilan shug‗ullanishga o‗tadi. Hamza 1929-yilning 18-avgustida Shohimardondagi bir to‗da diniy aqidaparastlar tomonidan toshbo‗ron qilib o‗ldirildi. Bu voqea sho‗ro hukumati tomonidan uyustirilgan. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling