Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Ijodiy faoliyati 
O‗zbekiston xalq yozuvchisi Oybekning adabiy merosi yigirma jildlik «Mukammal 
asarlar to‗plami»da e‘lon qilingan (1975 – 1985).
I. She‘riy to‗plamlari 

«Tuyg‗ular» (ilk she‘riy to‗plami, 1926) 

«Ko‗ngil naylari» (1929) 

«Mash‘ala» (1932) 

«Baxtigul va Sog‗indiq» (1934)

«She‘rlar» (1963)
II. She’rlari 

«Cholg‗u tovushi» – birinchi she‘ri 
Shoir lirikasini mavzusiga ko‗ra 3 guruhga bo‗lish mumkin: 
I. Ishqiy lirika (bu mavzudagi barcha she‘rlari ayoli – Z.Saidnosirovaga 
bag‗ishlangan) 

«Orqangdan yig‗lab qoldim» (1926), besh satrli band va a-a-b-b-a, v-v-
g-g-a tartibidagi qofiya tizimidan iborat: 
Orqangdan yig‗lab qoldim, 
Ko‗ksimni tig‗lab qoldim.


335 
Qir, daryodan osharsan, 
Bilmam, qayda yasharsan, 
Orqangdan yig‗lab qoldim.

«Uzoqdan turib» (1928-yil 26-oktyabr), Leningradda Oybek Xalq 
xo‗jaligi institutida o‗qib yurganida yozilgan: 
Ko‗zlari cho‗lpondek nozli sevgilim, 
Bir qarash tashlading, men sevdim seni.
Xayoling eslarkan qonaydir dilim, 
Yolboray, go‗zalim, unutma meni… 
II. «Tabiat lirikasi» (1936-yili Chimyonda yaratilgan she‘rlarini o‗z ichiga oladi)

«Sen g‗urubning oltin qo‗llaridasan» (1936), «Chimyon daftari 
turkumi»ga mansub. Quyosh botishi oldidagi manzara tasvirlangan.

«Na‘matak» (1936), besh misrali 4 banddan iborat she‘r, na‘matakka 
«Vahshiy qoyalarning ajib ijodi» degan ta‘rif beriladi: 
Nafis chayqaladi bir tup na‘matak 
Yuksakda, shamolning belanchagida.
Quyoshga ko‗tarib bir savat oq gul 
Viqor-la o‗shshaygan qoya labida 
Nafis chayqaladi bir tup na‘matak...

«Tog‗ sayri» (1936), o‗n ikki buloqni axtarib topgan shoir holati aks 
ettirilgan. She‘rda buloqlarga «muhabbat izhor» qilgan shamol obrazi beriladi: 
Axtarib topganimda o‗n ikki buloq,
Qalbimda o‗n ikki she‘r birdan jo‗sh urdi.
Hammasi shivirlaydi sizdek shan, inoq,
Ko‗ksimga naq o‗n ikki bahor yugurdi...


336 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling