Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Ijodiy faoliyati 
I. 1937 – 1940-yillar oralig‘ida yozilgan qissa va hikoyalari 

«Astrobod» 

«Alisher Navoiy va Darvishali» 

«Badarg‗a» 

«Navoiyning xislatlari» 

«Ulug‗bek va Navoiy» 
II. Qissalari 

«Yangi ariq» (1925) 

«To‗maris» 

«Shiroq»

«Iskandar va Spitamen» 

«Aljabrning tug‗ilishi» 

«Ibn Sino qissasi» 

«Jayhun ustida bulutlar» 

«O‗tror» 

«Temur Malik» 

«Mahmud Torobiy» 

«Karvon yo‗llarida» 

«Singan setor» 

«Mohlaroyim va Xonposhsha» 
II. Tarjimalari 

M.Sholoxov: «Tinch oqar Don» (roman) 

S.Borodin: «Yeldirim Boyazid» (roman) 


340 

L.Bat: «Hayot bo‗stoni» (qissa) 
 «Zulmat ichra nur», tarixiy qissa 

Asar syujeti. Alisherlar oilasi Hirotda xotirjam yashaydilar, Alisher Qosim 
Anvorning baytini o‗qib tog‗alarini hayratga soladi. Shu kunlarda Shohrux mirzo 
vafot etadi, natijada Hirotdagi notinchliklar sabab Alisherlar oilasi Iroqqa ketadilar, 
yo‗lda – Yazd shahrida Alisher Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashib uni o‗z 
so‗zlari bilan hayratga soladi…

Xulosa: qissa Navoiyni anglashga, undan ibrat olishga o‗rgatadi.
Maqsud Shayxzoda 
(1908 – 1967) 
Maqsud Mas‘um o‗g‗li Shayxzoda 1908-yili Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh) 
shahrida ziyoli oilada tug‗ilgan.
Shayxzoda tug‗ilgan shahrida maktab ta‘limini olgach Ozarbayjon poytaxti Bokudagi 
Oliy pedagogika institutiga sirtdan o‗qishga kiradi. 1925-yildan muallimlik qila boshlaydi. 
1928-yili u hurfikrliligi, ya‘ni Ozarbayjonni mustaqil davlatga aylantirish haqidagi erkin 
fikrlari uchun ayblanib Toshkentga badarg‗a qilinadi. Ayni shu davrdan boshlab to 
umrining so‗ngiga qadar Shayxzodaning butun hayoti O‗zbekiston bilan bog‗landi. U 
avval turli gazeta va jurnallar tahririyatlarida muharrir, 1935 – 1938-yillarda O‗zbekiston 
Fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938-yildan hayoti 
so‗ngigacha Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti o‗zbek mumtoz 
adabiyoti kafedrasi o‗qituvchisi bo‗lib ishladi.
Shahyhzoda ham «qatag‗on» siyosatining qurboni bo‗lib, «xalq dushmani» degan 
tuhmatlar bilan qamaladi. 50-yillarning o‗rtalarida qatag‗onchilik qoralanib, ko‗p halol 
insonlar qatori Shayxzoda ham ozod etilgach, u irodasini bukmay qizg‗in ijod bilan 
mashg‗ul bo‗ldi. She‘rlar, doston va dramatik asarlar bilan birga Shekspir, Pushkin, 
Lermontov, Mayakovskiy, Nozim Hikmat kabi jahon adabiyoti namoyandalari ijodidan 
tarjimalar qildi. Olim sifatida Alisher Navoiy she‘riyati haqida ilmiy tadqiqotlar yaratdi. 


341 
Shoir 1967-yilning 19-fevralida xastalikdan vafot etadi. Uning vafotidan so‗ng olti jildlik 
«Asarlar»i nashr etiladi.
U 2001-yili «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling