Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oybek (1905 – 1968) Hayotiga doir muhim ma’lumotlar
IV. Romanlari
«Sarob» (1937) «Qo‗shchinor chiroqlari» (1951, ilk nomi «Qo‗shchinor») V. Pyesalari «Shohi so‗zana» (1951) «Og‗riq tishlar» (1954) «Tobutdan tovush» (1962) «Ayajonlarim» (1967) Oybek (1905 – 1968) Hayotiga doir muhim ma’lumotlar Muso Toshmuhammad o‗g‗li Oybek 1905-yil 10-yanvar kuni Toshkent shahrida bo‗zchi oilasida tug‗ilgan. Oybek Shayxantohur dahasidagi «Namuna» maktabi (1918 – 1921) va Navoiy nomidagi ta‘lim-tarbiya texnikumi (1921 – 1925)da o‗qib yurgan kezlarida Munavvar qori Abdurashidxonovning ta‘sir doirasida bo‗ldi. Munavvar qori shu yillarda sovet hokimiyatini ag‗darib tashlab, mustaqil o‗zbek davlatini barpo etish niyatida «Milliy ittihod» yashirin tashkilotini tuzgan siyosiy arbob edi. Kelajakka hushyor ko‗z bilan qaragan Munavvar qori, Eson afandi, Cho‗lpon kabi kishilarning maslahati bilan Oybek texnikumni tugatgach 1925-yili O‗rta Osiyo davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakultetining siyosiy iqtisod bo‗limiga o‗qishga kirdi. 1930-yili universitetni tugatib oliy ma‘lumotli bo‗lgan Oybek universitetda dars berish bilan birga 1933-yili Madaniy qurilish ilmiy-tekshirish institutida ham ishlay boshladi. 1934-yili bu ilmiy markaz Til va adabiyot institutiga aylantirildi. Xullas, 1935-yili Oybek oldida yo iqtisodni, yo adabiyotni tanlash muammosi paydo bo‗ldi. Avval maktabda, keyin pedagogika texnikumida o‗qigan. 1925 – 334 1930-yillarda O‗rta Osiyo davlat dorilfununi (hozirgi O‗zbekiston Milliy universiteti)ning ijtimoiy fanlar fakultetida ta‘lim olgan Oybek o‗qishni bitirib, shu dorilfununda muallimlik qilgan. Oybek, ayni paytda, O‗zbekiston Fanlar akademiyasi Gumanitar bo‗limi (1943 – 1951) va Yozuvchilar uyushmasiga (1945 – 1949) rahbarlik qilgan yillarida yirik jamoat arbobi sifatida ham faoliyat ko‗rsatdi. Mashhur kimyogar olima, Oybekning ayoli Zarifa Saidnosirova shunday yozadi: «1968-yilning 1-iyulida, oltmish uch yoshida Oybek vafot etdi. Men hayotimning birdan bir ma‘nosi bo‗lgan ulug‗ insondan judo bo‗ldim. Men hozir Oybekning o‗limoldi kunlarini yozishga qanchalik shaylanmay, qo‗lim qaltirab, nafasim tiqilib qolmoqda. Qulog‗imda hali ham: «Men o‗lyapman, Zarifa, rozi bo‗l!» – degan so‗zlari jaranglab turibdi». Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling