Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

VI. Pyesasi 

«Mahmud Torobiy» (tarixiy drama, 1942) 
VII. Tarjimalari 

A.S.Pushkin: «Yevgeniy Onegin» (she‘riy romani, 1936) 

M.Y.Lermontov: «Maskarad» 

N.Zaryan: «Dovud Sosunli» 
Mirkarim Osim 
(1907 – 1984) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
Mirkarim Osim 1907-yili Toshkentda ziyoli oilasida tug‗ilgan. Dastlab eski 
maktabda, 1917 – 1920-yillar oralig‗ida esa «Shams ul-urfon» nomli boshlang‗ich 
maktabda o‗qigan. 1921 – 1924-yillarda shahardagi ta‘lim va tarbiya texnikumida tahsil 
olgan. Do‗stlari Oybek va Homil Yoqubov bilan shu texnikumda adabiyot va san‘at 
sirlarini o‗rgangan. 1926-yili Moskvadagi pedagogika institutining tarix fakultetiga 
o‗qishga kirib, uni 1930-yili muvaffaqiyatli bitirgan. Yurtimizga qaytib kelgach 
Samarqanddagi o‗qituvchilar tayyorlash kursida dars bergan. 1932 – 1949-yillarda esa 
avval Toshkent pedagogika ilmiy tekshirish institutida, keyin Maorif xalq komissarligi 
(vazirligi) qoshidagi ilmiy muassasada ilmiy xodim bo‗lib ishlagan. Shu paytlarda 
she‘rlar, tarix fanidan qo‗llanma va darsliklar yaratgan.
Mirkarim Osim o‗tgan asrning 50-yillarida sobiq Sho‗ro davlatining qatag‗on 
siyosatidan cheksiz azob-uqubatlar tortdi. Uning xalqimiz shonli tarixidan hikoya 
qiluvchi, vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida yozilgan asarlari qoralanib, yozuvchining 
o‗zi 1950-yil 15-yanvarda qamoqqa olindi. O‗n oy davom etgan tergov azoblaridan so‗ng 
adib «sovetlarga qarshi targ‗ibot qilgan»likda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan 
mahrum etildi.
1955-yilga kelibgina qatag‗on siyosatidan omon qutulgan adib 1959-yildan to 1972-
yilgacha Toshkentdagi G‗afur G‗ulom nomidagi Adabiyot va san‘at nashriyotida muharrir 
vazifasida xizmat qilgan.


339 
Mirkarim Osim 1984-yili vafot etdi. Uning adabiyotimiz ravnaqi yo‗lida qilgan ulkan 
mehnatlari mustaqillik tufayligina o‗zining chinakam qadr-qimmatini topdi. Adib 2002-
yili O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan «Buyuk xizmatlari uchun» 
ordeni bilan mukofotlandi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling