Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. She’riy to‘plamlari
- II. She’rlari
- III. Dostonlari
Ijodiy faoliyati
Shayxzodaning dastlabki ijod namunalari 1929-yildan e‘lon qilina boshlandi. Badiiy ijod bilan bir qatorda o‗zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, G‗afur G‗ulom, Hamid Olimjon, xalq og‗zaki ijodining ajoyib vakili Fozil shoir, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Shota Rustaveli, A.S.Pushkin, N.A.Nekrasov, A.N.Ostrovskiy, T.G.Shevchenko, A.P.Chexov kabi namoyandalariga bag‗ishlangan ilmiy-tahliliy asarlar yaratgan. I. She’riy to‘plamlari Urush yillarigacha «Loyiq soqchi» «O‗n she‘r» «Undoshlarim» «Uchinchi kitob» «Jumhuriyat» «O‗n ikki» «Yangi devon» «Saylov qo‗shiqlari» Urush yillarida «Kurash nechun» «Jang va qo‗shiq» «Kapitan Gastello» «Ko‗ngil deydiki» Urushdan so‘ng «O‗n besh yilning daftari» 342 «Olqishlarim» «Zamon torlari» «Shu‘la» «Chorak asr devoni» «Dunyo boqiy» «Xiyobon» II. She’rlari «She‘r chin go‗zallik singlisi ekan» (1963) She‘rda Shayxzoda she‘riyatga do‗st tutingan qalblarni ulug‗lash qatorida unga beparvo ko‗ngillarni poetik tanqid ostiga oladi, yanada to‗g‗rirog‗i, bunday kishilarga achinishini aytadi. She‘riyatga beparvo ko‗ngil, uning nazarida, maqsaddagi shukuh, niyatdagi tarovat, orzudagi nafosat, natijadagi yog‗dulardan bebahra qoladi: She‘rsiz qalblarga achinaman men, Ularda na tonglar kunduzni boshlar, Na oqshom yulduzlar ufqin ochar keng, Na bahor chog‗ida sayraydi qushlar. III. Dostonlari «Toshkentnoma» (1956 – 1957) – Toshkent ta‘rifiga bag‗ishlangan, 18 bobdan iborat. Shoir Toshkent ta‘rifini berishda 9 vazndan foydalanadi. She‘r quyidagicha boshlanadi: Shaharlar boqiydir, umr – o‗tkinchi, Daryolar sobitdir, suvlar – ko‗chkinchi. Shoir Toshkent shahriga muhabbatini quyidagi misralarda bayon qiladi: Toshkentni sevmoqlik yurakning ishi, Shu uchun shartmikan bunda tug‗ilmoq! Shartmi bir romanga ishqiboz kishi O‗zi u romanga qahramon bo‗lmoq! 343 «O‗rtoq mulk» «Tuproq va haq» «Chirog‗» «O‗rtoq» «Meros» «Ovchi qissasi» «Iskandar Zulqarnayn» – ertak-doston. Maqsud Shayxzoda xalq tomonidan berilgan sifat – «Iskandar Zulqarnayn», ya‘ni shoxli Iskandar haqidagi rivoyatni o‗rganib, uni g‗oyaviy va badiiy jihatdan boyitib ertak-doston yaratadi. Unga ko‗ra, Iskandarning boshida shoxi bor ekan. Buni hech kim bilmas ekan. Qaysi sartarosh sochini olsa, ertasiga gumdon qilinar ekan. Oxir ish shungacha boribdiki, mamlakatda sartarosh qolmabdi. Oxirgisini olib kelibdilar... Shunda Iskandar unga shunday debdi: Ustarangni tayyorla, Sochlarimni qirq-tashla, Ehtiyot bo‗l ham jiddiy! Sartarosh Iskandarning boshidagi qo‗sh shoxni ko‗rib qo‗rqib ketibdi. Podshohning hech kimga aytmaslik haqidagi farmoniga itoat etib hech kimga aytmaydi-yu, lekin chidolmasdan quduqqa borib aytibdi. Quduq atrofidan o‗sib chiqqan qamishdan nay yasalib, naydan shunday ovoz chiqibdi: Voydod, dunyolar shohi Iskandarning bor shoxi! Asar muallifi mashhur rivoyatni she‘riy shaklga solarkan, dunyoda hech bir yomonlik jazosiz qolmaydi, tuban ishlarni qanchalik yashirmang, u baribir bir kuni oshkor bo‗ladi degan ibratli g‗oyani ilgari suradi. «O‗n birlar» «Jenya» «Oqsoqol» «Ahmadjonning hikmatlari» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling