Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. Tarjimalari
IV. Pyesalari
«Jaloliddin Manguberdi» (tarixiy drama, 1944, to‗liq nashri 1988) «Jaloliddin Manguberdi» dramasida ona Vatan uchun, uning ozodligi uchun bosqinchilarga qarshi kurash olib borgan jasur sarkarda siymosi tasvirlangan bo‗lib, dramada quyidagi qahramonlar ishtirok etadi: Xorazm shohi Sulton Muhammad Alovuddin Xorazmshoh, Sultonbegim (Jaloliddinning singlisi), Amir Badriddin (Samarqand hokimi, shoh qizi Sultonbegimning qaylig‗i, ya‘ni Jaloliddinning kuyovi), Temur Malik (sardor, Xo‗jand hokimi), Muhammad Nasaviy (tarixchi, Jaloliddinning kotibi), Chingizxon va boshqalar. «Mirzo Ulug‗bek» (tarixiy fojia, 1960) – buyuk olim va temuriy hukmdor Mirzo Ulug‗bek hayoti va faoliyatiga bag‗ishlangan. Fojia qahramonlari: Mirzo Ulug‗bek ibn Shohrux, Abdullatif mirzo (uning o‗g‗li), Ali Qushchi (Ulug‗bekning «farzandi arjumandi», shogirdi va mahrami, munajjim), Sakkokiy (mashhur shoir, Ulug‗bekka bag‗ishlab 4 qasida yozgan), Shayxulislom Burhoniddin (zamonasining taraqqiyparvar ulamolaridan), Abbos (Sayid Obidning o‗g‗li, Abdullatifning mahrami), Abdurazzoq Samarqandiy (mashhur tarixchi), Vек Arslon (sardor), Mavlono Shamsiddin Muhammad Miskin (Samarqand qozisi), Piri Zindoniy (Hasan ohangar, mahbus), Berdiyor (Ulug‗bekning navkari), Ota Murod (dehqon), Chin, Hind, Farang, Misr, Rus elchilari, Amir Temurning arvohi. V. Tarjimalari Shayxzoda tarjimon sifatida Sh.Rustaveli, V.Shekspir, A.S.Pushkin, M.Y.Lermontov, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqalarning asarlarini o‗zbek tiliga o‗girgan. Mirtemir 345 (1910 – 1978) Hayotiga doir muhim ma’lumotlar Mirtemir (Mirtemir Tursunmat o‗g‗li) 1910-yil 10-mayda Turkistonning Qoratog‗ etaklaridagi Eski Iqon qishlog‗ida tug‗ilgan. Shoirning otasi Tursunmat Umarbek o‗g‗li adabiyotga ixlosmand edi. Mirtemir 11 yoshida amakisiga qo‗shilib Toshkentga qochib keladi va Beshyog‗ochdagi «Almaiy» nomidagi ishmaktabga joylashadi. Ikki yil bu maktabda o‗qigach Toshkentning yangi shahar qismidagi «O‗zbek erlar bilim yurti»ga ko‗chadi. Shoir ham o‗qib, ham ishlagan yillari haqida shunday yozadi: «Ishmaktabda ham, bilim yurtida ham o‗zimiz ekar, o‗zimiz yig‗ar edik, o‗zimiz tikar, o‗zimiz kiyar edik. Deyarli hamma hunar o‗rgatilar edi. Og‗ir yillar edi; to 1924 – 1925-yillargacha xo‗ragimiz har kuni ikki yo uch marta bir burdadan qora non va tushlik bir cho‗mich bo‗tqa edi. Ishmaktabning bog‗i Chilonzorda, bilim yurtining bog‗i Ko‗kterakda edi. Yoz bo‗yi hamma bog‗da ishlardi va rangga qon, bo‗yga jir bitib qaytardik. Bilim yurtida o‗qishlar og‗ir, o‗qituvchilar talabchan bo‗lib, kechasi allamahallargacha sovuq bo‗lmalarda dars tayyorlardik». 1929-yili bilim yurtini tugatgan Mirtemir yo‗llanma bilan o‗sha yaqtda poytaxt bo‗lgan Samarqand shahriga keladi. Samarqandda Pedakademiyada (hozir Samarqand davlat universiteti) o‗qish bilan barobar O‗zbekiston Markaziy ijroiya qo‗mitasining raisi Yo‗ldosh Oxunboboyevga shaxsiy kotib bo‗lib ishlaydi. 1932-yil 7-avgust kuni 22 yashar Mirtemir Y.Oxunboboyevning shaxsiy kotibligiga ham qaramay Samarqandda qamoqqa olinadi. Shoir 1934-yil o‗rtalarida Moskvadagi Dmitrov lageriga etap bilan yuboriladi va Moskva – Volga kanali qurilishida ishlaydi. Yosh shoir 1935-yil boshlarida afv etilib, ona yurtiga sog‗-omon qaytadi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Mirtemir O‗zbekiston radio qo‗mitasi (1941) va O‗zbekiston davlat nashriyotida (1942) muharrir, Opera va balet teatrida adabiy emakdosh (1943 – 1944), 50 – 60-yillarda esa O‗zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, Badiiy adabiyot nashriyotida muharrir vazifalarida xizmat qiladi. Mirtemir 1978-yil 24-yanvarda 68 yoshida vafot etdi. Unga 2002-yili «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling