Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Ijodiy faoliyati 
Mirtemirning ilk she‘ri – «Tanburim ovozi» 1926-yili 16 yoshida e‘lon qilinadi.
I. She’rlari 

«Onaginam»

«O‗zim bilaman...» 

«Qirg‗iz she‘rlari»

«Men seni injitmayman» – shoirning xotini Yorqinoyga, turkistonliklar tili 
bilan aytganda, To‗rash kelinoyiga bag‗ishlangan. She‘rning asosiy qismi yetti 
hijoli satrlardan tashkil topgan. Ammo ba‘zan o‗n to‗rt hijoli satrlar ham uchrab 
turadi. Garchi bu satrlar ham yetti hijoli turoqlardan tashkil topgan esa-da, fikr va 
tuyg‗uning tugal holga kelishi va qofiyalanish tartibiga ko‗ra yetti hijoli she‘riy 
nutqning davomi bo‗la olmaydi. Bu o‗n to‗rt hijoli satrlar shoir tuyg‗ularining 
favvorasi o‗laroq otilib chiqadi va o‗ziga xos lirik kechinma vazifasini o‗taydi.

«Pardalik» (1962) 

«Go‗zal» 

«Ona tilim» (1974)

«Qoraqalpoq daftari» 

«Qirg‗iz she‘rlari» 

«Kipriklarim» she‘ri (1960)
II. She’riy to‘plamlari 

«Shu‘lalar qo‗ynida» (birinchi to‗plam, 1928) 

«Zafar» 

«Qaynashlar» 

«Tong»

«Bong» 

«Poytaxt» 

«O‗ch» 

«Qoraqalpoq daftari» 


347 

«Tingla, hayot!» 

«Izlaganim» 

«Tog‗day tayanchim» 

«Yodgorlik» 
III. Dostonlari 

Ajdar» (1935) 

«Dilkusho» 

«Suv qizi» (1937) 

«Oysanamning to‗yida» (1938) 

«Qo‗zi» (1939) 

«Nomus»

«Farg‗ona» 

«Surat» (lirik qissa, 1956 – 1957), «Qoraqalpoq daftari» she‘riy 
turkumiga kiritilgan. Asar bir necha lirik she‘rlardan tarkib topgan. Bu she‘rlarni 
mustaqil she‘r sifatida ham, o‗zaro yagona lirik syujetga birlashgan yaxlit doston 
sifatida ham qabul qilish mumkin. Qissada tasvirlanishicha, asarning bosh 
qahramoni Toshlon to‗rt yillik (Surat, surat, nega sen tilsiz? Seni asrab to‗rt yil 
qo‗ynimda... Topinardim, o‗pardim... esiz!) jangda (Gunohim ne? Jangda 
bo‗lganim, qon kechganim, ming bor o‗lganim?), demak, Ikkinchi jahon urushi 
frontlarida jang qilgan paytida uning halok bo‗lganligi haqida xabar tarqaladi. 
Shundan keyin Toshlonning sevimli yori Oysuluv undan umid uzib, boshqa bir 
kimsaga turmushga chiqadi. Urushdan omon-eson qaytgan Toshlon bu xoinlikka 
duch kelib falakning adolatsizligidan eziladi, iztirob chekadi. Oradan yillar o‗tib 
bevafo yor tufayli qalbdan oqqan jarohat qonlari to‗xtaydi. Yurak yaralari 
hayotning boshqa voqealari ta‘sirida malham topadi. Ammo ittifoqo chiqib 
qolgan bevafo yorning surati Toshlon qalbidagi eski jarohatni tag‗in yangilab 
yuboradi. Lirik qissa Toshlon hayotining xuddi shu soniyasidan boshlanadi. 
Aslida, Toshlon bu Mirtemirning o‗zi. Asarda shoirning qamoqdalik paytida 
Moskva – Volga kanali qurilishida kechgan azobli hayoti va o‗limlarni hatlab 
kelgani o‗z ifodasini topgan. Mirtemirning, demak, Toshlonning yori mashhur 


348 
raqqosa bo‗lgan. Shoir uni yod etganida qo‗shiq va raqslar olamida kechgan 
oqshomlar xotiraga kelishi tabiiy. Shuning uchun bevafo yor Toshlon xotirasida 
jonlanar ekan, shoir she‘riy nutqda qo‗shiq va raqslarning o‗ynoqi ritmlaridan 
mohirlik bilan foydalanadi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling