Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

III. Pyesalari 

«Muqanna» (1942) 

«Jinoyat» 
IV. Balladasi 

«Roksananing ko‗z yoshlari»
IV. Hikoyalar to‘plami 

«Tong shabadasi» (1930)
Usmon Nosir 


351 
(1912 – 1944) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
Bo‗lg‗usi shoir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrida dunyoga keldi. Uning 
hunarmandchilik bilan ro‗zg‗or tebratadigan otasi bu paytda og‗ir xasta yotgan bo‗lib, 
bola go‗dakligidayoq olamdan o‗tadi. To‗rt yasharligida onasi Xolambibi shu yerlik 
Nosirhoji degan kishiga turmushga chiqadi va oila Qo‗qonga ko‗chib keladi. Usmonjon 
shahardagi internatda o‗qiydi, tarbiyalanadi.
1931-yili Usmon Nosir Samarqanddagi O‗zbekiston dorilfununi (hozirgi Samarqand 
davlat universiteti)ga o‗qishga kiradi.
1937-yili ustozlari Cho‗lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy va yana ko‗plab ijodkorlar 
qatori Usmon Nosir ham «xalq dushmani» degan tuhmat bilan ayblandi. U sovuq Sibir 
o‗lkalariga surgun qilindi. Bu paytda shoir bor-yo‗g‗i 24 yoshga kirgandi. Usmon Nosir 
1944-yilning mart oyida Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi mahbuslar lagerida vafot 
etdi.
Ijodiy faoliyati 
I. She’rlar 

«Oq yuvib, oq tarab» – Samarqanddan onasiga yozgan she‘riy maktubi.

«Bolaligimga» – she‘rda bolalik yashnoq «gul»ga, «barglari ko‗m-ko‗k 
palak»ka, go‗zal «malak»ka o‗xshatilsa, shoir o‗zini gul hidini emuvchi, dilbar 
malak boshi uzra parvona bo‗luvchi kapalakka mengzaydi.

«Yurganmisiz birga oy bilan» – she‘r 1935-yili, Usmon Nosir davolanish 
uchun shimolga – Boltiq va Oq dengiz bo‗ylariga safar qilgan davrda yozilgan. Bu 
paytda sobiq Sho‗ro davlatida xalq orasidan yetishib chiqqan ko‗plab ziyolilarni 
ta‘qib etish avj ola boshlagandi. Gazeta va jurnallar, tez-tez chaqirib turiladigan 
majlislarda, ayniqsa, shoir-yozuvchilar haqida ko‗pdan ko‗p tuhmat gaplar aytilardi. 
Usmon Nosir o‗ziga ustoz deb bilgan Cho‗lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy singari 
ijodkorlarga tinimsiz hujumlar uyushtirilar edi. Yurtidan uzoqda bo‗lsa-da, 
shoirning navqiron ko‗ngli bularning baridan ozor chekmasligi mumkin emasdi. 
Shu tufayli ham shoir o‗zining ayni kunlardagi kayfiyatini ifodalab: 
Men mast bo‗lib qoldim bir kecha,


352 
Sil o‗pkamni ancha yayratdim.
Uxlamasdan to tong otguncha 
Dilginamni rosa sayratdim, –
deydi. Bu yerda shoir «sil o‗pkam» deya faqat o‗zining jismoniy xastaligi to‗g‗risida 
gapirmayapti. Balki yuqorida aytib o‗tganimiz – biqiq, tuhmat-u razolatga to‗la muhitda 
siqilgan ko‗nglini – ruhini nazarda tutmoqda.

«Yur, tog‗larga chiqaylik» – she‘rda aks etgan tog‗larning ulug‗vorligi, 
ular bag‗rini qoplagan olmos yanglig‗ oppoq qor nuri har qanday o‗quvchi diliga 
yorug‗lik olib kiradi. Zero, bolalik, yoshlikning o‗zi ham doimiy harakatga 
talpinuvchi, bir joyda tinim bilmaydigan sharqiroq suvday toshqin fasldir. Uning 
ko‗ziga dunyodagi barcha narsa mo‗jiza bo‗lib ko‗rinishi, u har bir hodisadan 
kashfiyot izlashi ham tabiiydir. Tog‗lar sari ko‗tarilarkan, bu mo‗jaz qalb go‗yo 
qanot chiqarib uchadi, tog‗larning ulug‗vorligini o‗zida ham his etishni juda-juda 
xohlaydi. Oppoq nur yoshlikning ko‗zini qamashtiradi, hayotni jozibador, faqat 
go‗zallikdan iboratdek qilib ko‗rsatadi...

«Yo‗lchi» – she‘r Usmon Nosir 23 yoshga kirganda yozilgan. Asar 
qahramoni qora yo‗rg‗aga minadi. Ma‘lumki, aksariyat qahramonlar jang va 
sinovlarda qora ot minib qatnashadilar. Bunday misollarni Qadimgi Sharq og‗zaki 
ijodida ham ko‗plab uchratish mumkin. Qahramonlar faqat bir holatdagina oq otga 
minadilar – g‗alaba, zafar quchgan kezlarida.

«Nil va Rim» – Qadimgi Misr va Rimdagi quldorlik tuzumi davridagi 
voqealar bayon qilingan. She‘r 23 yoshli shoirning tasavvurlarini o‗z ichiga oladi. 
Shoirning ko‗z o‗ngida goh qullar ko‗z yoshidan to‗lgan Nil, goh «o‗yindan o‗lim 
kutgan jinni teatr» – Rim gavdalanaveradi: 
Chirog‗imga parvonadek urinar yillar –
To‗rt atrofim to‗lib ketar kuygan qanotga...
Asarning II qismida «Sariq qumlar orasidan qon rangli quyosh ko‗tarilar» deyiladi. 
Boshqa bir misrada esa «Botayotgan quyosh kabi rangida qon yo‗q» degan o‗xshatish 
ishlatiladi. Asarda naqarotdek ikki bor qaytarilgan, «Mana menman, u isyonning o‗lmas 


353 
avlodi...» deya boshlanuvchi fidoyi hayqiriq go‗yo Usmon Nosirning o‗zini kutayotgan 
og‗ir erksizlik, surgun zulmatlariga oldindan ko‗tarilgan isyondek yangraydi! 

«Yurak»: 
Itoat et! 
Agar sendan 
Vatan rozi emas bo‗lsa, 
Yoril! Chaqmoqqa aylan sen, 
Yoril! Mayli, tamom o‗lsam! 

«Monolog» – she‘rda lirik qahramon o‗ziga qadar hamma qulluq qilib 
turgan, ta‘rifiga hamd-u sano keltirayotgan sevgiga qarshi bosh ko‗taradi. Uning 
nazdida, bu tuyg‗u ne-ne insonlarni sarson-sargardon qildi. Ular orasida Petrarka va 
Sapfo ham, Tasso va Dante ham, Hamlet va Otello ham bor. Shoir: 
Aqlidan ozganmi muhabbat?
Mumkin emas, qarshi turmasdan! – 
der ekan, bu qudratli kuch, bu yengilmas his qarshisiga mardona chiqadi. Shu yerda shoir 
o‗zi qarshi borayotgan hodisaning mohiyatiga aniqlik kiritadi. Zero, u, umuman, sevgi-
muhabbatni emas, balki insonning shunday mo‗tabar, nozik tuyg‗ularini xo‗rlagan, 
sevgining qo‗llariga xanjar tutqazgan davrni qoralaydi.
Xulosa qilib aytganda, «Monolog» she‘ri sevgi-muhabbat mavzuyi mutlaqo yangi 
nuqtayi nazardan turib yoritilgan, talqin etilgan o‗lmas asar hisoblanadi. Nafaqat u 
yozilgan payti, to hozirgacha ko‗ngliga muhabbat hissi ingan yoshlar beixtiyor shu she‘r 
misralarini eslaydilar, boshqaga eshittirmay pichirlaydilar.

«Yana she‘rimga» 

«Bog‗im» 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling