Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Shuhrat 
(1918 – 1993) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
Asl ismi G‗ulom Aminjon o‗g‗li Alimov bo‗lgan shoir Shuhrat 1918-yilning 19-
aprelida Toshkent shahrining Xastimom (Hazrati Imom) mahallasida tug‗ilgan. Bo‗lajak 
ijodkor oldin mahalladagi otinoyi maktabida, keyin sho‗ro maktabida o‗qidi. Adabiyot 
o‗qituvchisi Yunus Latifning ta‘sirida badiiy adabiyotga mehr qo‗ydi, she‘rlar yoza 
boshladi. U 1932 – 1933-yillarda transport texnikumida, 1934 – 1936-yillarda O‗rta Osiyo 
transport injenerlari institutida tahsil ko‗radi. 1936 – 1940-yillarda Toshkent davlat 
pedagogika instituti (hozirgi Toshkent davlat pedagogika universiteti)da ta‘lim oladi.


360 
Kasbiga ko‗ra transport injeneri bo‗lishiga qaramay, adabiyotga qiziqishi katta 
bo‗lganligi sababli Respublika yozuvchilar uyushmasiga ishga kirdi.
1941-yili Ikkinchi jahon urushi boshlangach, shoir Shuhrat urushga safarbar qilindi 
va u yerda 1943-yili og‗ir yarador bo‗lgunga qadar janglarda qatnashdi. Shuhrat 1951-yili 
shu hukumat idoralari tomonidan «millatchi» degan tuhmat bilan qamoqqa hukm qilinib, 
Shimoliy Qozog‗istonga jo‗natiladi. Yozuvchi to‗rt yildan ortiqroq vaqt mobaynida 
qamoqda g‗oyat og‗ir azoblarni boshidan kechiradi. Shoir Shuhrat qanchalik og‗ir 
azoblarga solinmasin, hech kimga qarshi ko‗rsatma bermaydi, biror ijodkorga tuhmat 
qilmaydi. 1955-yili noto‗g‗ri qamalgan kishi sifatida oqlanib, qamoqdan chiqariladi.
Shuhrat 1993-yilning 20-iyunida uzoq davom etgan og‗ir kasallikdan vafot etdi.
Ijodiy faoliyati 
Shuhratning birinchi she‘ri 1935-yili 17 yoshida e‘lon qilindi. U 1930-yillarning 
ikkinchi yarmidan e‘tiboran bitgan she‘rlariga «Shuhrat» taxallusini qo‗llay boshlagan.
I. She’riy to‘plamlari 

«Shinelli yillar daftari» (she‘rlar turkumi) 

«Farzand» (urush mavzusida) 

«So‗lmas chechaklar» (urush mavzusida) 

«Ona va farzand» (urush mavzusida) 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling