Dilnavoz Yusupova


II. Ballada va dostonlari


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

II. Ballada va dostonlari 

«Orzu va qasos» (doston) 

«Mehrol» (ertak-doston) 

«Jamila» (arab qizining fransuz bosqinchilariga qarshi kurashi haqida) 

«Raymonda» (fransuz qizining Vyetnam urushiga qarshi turganligi haqida) 

«Uch qiz afsonasi» 

«Guldursun» 

«Qora va oq aravacha haqida ertak»

«Mardlik afsonasi» (To‗marisga bag‗ishlangan) 
III. Romanlari 

«Shinelli yillar» (1958) – harbiy roman 


361 

«Oltin zanglamas» (1965). Asarda sho‗ro tuzumining eng adolatsiz, eng 
chirkin bosqichi bo‗lmish qatag‗on davri mahorat bilan aks ettirilgan. Adib asarida 
aks etgan voqealarni o‗z boshidan o‗tkazganligi uchun romanda tasvir tabiiy 
chiqqan va u ulkan muvaffaqiyat qozongan. Muallifning yozishicha, «Oltin 
zanglamas»dagi hayotni men yaxshi bilaman, ular men bilan bo‗lgan, menga 
uchragan kishilarning hayoti. Men bu hayotning atrofidamas, naq ichida 
bo‗lganman. Bu mavzuda biron narsa yaratmasam ko‗nglim o‗rniga tushmas edi». 
Asar qahramonlari: Sodiq (maktab direktori, tuhmat bilan qamalgan), Chuxanov, 
Pushkaryov (tergovchilar), Mirsalim, Shukurov (tuhmatchilar).

«Jannat qidirganlar» (1968) – o‗zbek adabiyotida birinchi bo‗lib chet eldagi 
o‗zbeklar hayotini aks ettirgan asar. Sho‗rolar davrida chet elga ketib qolgan har 
qanday odam sotqin, xiyonatchi sifatida qabul qilinardi. Shuhrat esa chet ellik 
millatdoshlarimizning hayotini, ishonarli timsollarni yaratdi.

«Mashrab» (tugallanmay qolgan) 
IV. Komediyalari 

«Besh kunlik kuyov» 

«Qo‗sha qaringlar» 

Said Ahmad 
(1920 – 2008) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
 
Said Ahmad Husanxo‗jayev 1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining 
«Samarqand darvoza» mahallasida tug‗ilgan. Avval o‗rta maktabda, so‗ng Navoiy 
nomidagi pedagogika institutida o‗qigan. Dastlab 1938-yili «Mushtum» jurnaliga adabiy 
xodim bo‗lib ishga kirdi. So‗ng «Yosh leninchi» gazetasida (1940 – 1941), O‗zbekiston 


362 
davlat radio qo‗mitasida (1941 – 1943), «Qizil O‗zbekiston» gazetasida (1943 – 1947), 
«Sharq yulduzi» (1948 – 1950) jurnali tahririyatlarida faoliyat yuritdi.
O‗tgan asrning 50-yillari boshlarida yozuvchi ko‗plab ziyolilar qatorida qatag‗onga 
uchrab, «xalq dushmani» degan tuhmatlar bilan qamaladi. Bu siyosat qoralangandan so‗ng 
Said Ahmad ham nohaq jazodan ozod etilib, o‗z oilasi bag‗riga qaytadi. O‗zbekiston 
yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo‗lib ishlaydi.
Said Ahmad «O‗zbekiston xalq yozuvchisi» unvoniga, Davlat mukofotiga sazovor 
bo‗lgan, «Buyuk xizmatlari uchun», «Do‗stlik» ordenlari bilan mukofotlangan. Unga 
Vatanimizning yuksak mukofoti – «O‗zbekiston Qahramoni» unvoni berilgan.
Said Ahmad 2008-yili vafot etdi.
2013-yil 10-iyun kuni Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‗da Said 
Ahmad va uning umr yo‗ldoshi Saida Zunnunovaning haykali ochildi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling