373
«Istiqlol fidoyilari» (1993)
«Sardaftar sahifalari» (1999)
«Ma‘naviy kamolot yo‗llarida» (2001)
«Dovondagi o‗ylar»
«Ijodni anglash baxti» (2004)
IV. Tarjimalari
L.Tolstoy: «Iqrornoma»
P.Koelyo: «Alkimyogar»
A.Savela: «To‗xtating samolyotni, tushib qolaman»
H.Hesse, J.Stoun, J.Golsuorsi, A.Genis, N.Gogol, L.Tolstoy, A.Morua,
O.Balzak, Y.Parandovskiy, X.Gasset, V.Shentalinskiy, Y.Borgen, D.Sulstadlarning
qator adabiy maqolalarini tarjima qilgan.
Pirimqul Qodirov
(1928 – 2009)
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar
Pirimqul Qodirov 1928-yilning 25-oktyabrida hozirgi Xo‗jand
viloyati hududidagi
Kengko‗l qishlog‗ida cho‗pon oilasida dunyoga kelgan.
Kolxozlashtirish (1930 – 1933) davrida ko‗pchilik qatori uning otasi – o‗ziga to‗q
Qodir cho‗pon ham quloq qilinadi.
Maktabni bitirib Toshkent davlat universitetini topib keldi
va uning sharqshunoslik
fakultetiga o‗qishga kirdi. 1951-yili bu fakultetni muvaffaqiyatli bitirgach bir muddat Til
va adabiyot institutida ishladi. P.Qodirov adabiy ijodning
sir-u sinoatlarini chuqur
o‗rganish maqsadida Moskvada aspiranturaga kiradi va 1954-yili ustozi Abdulla Qahhor
asarlarining til va uslubiy jihatlari tadqiq etilgan nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi.
Tashkilotchi, olim, jamoat va davlat arbobi sifatida
Moskvadagi yozuvchilar
uyushmasida, Respublika Fanlar akademiyasining
Til va adabiyot institutida,
mustaqillik
davriga kelib mamlakat Oliy Majlisida mas‘ul lavozimlarda ishladi.
Pirimqul Qodirov 2009-yili vafot etdi.