Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Saida Zunnunova 
(1926 – 1977) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
Saida Zunnunova 1926-yili Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. 
Otadan erta yetim qolgan shoira onasi va qarindoshlari qo‗lida ulg‗aydi. Andijon 
shahridagi 30-maktabni tugatgach 1941-yili Andijon o‗qituvchilar institutiga o‗qishga 
kirib, uni 1943-yili tamomladi. Birmuncha muddat maktabda muallimlik qildi, viloyat 
gazetasi redaksiyasida ishladi. O‗rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‗zbekiston Milliy 
universiteti)ning filologiya fakultetida 1947 – 1952-yillarda tahsil oldi. Oliy o‗quv yurtini 
tamomlagach «Gulxan» jurnali, «O‗zbekiston madaniyati» gazetasida adabiy xodim, 
badiiy adabiyot nashriyotida muharrir hamda O‗zbekiston yozuvchilar uyushmasida 
adabiy maslahatchi bo‗lib ishladi.
Saida Zunnunova 1977-yili – 51 yoshida vafot etdi. Shoira shaxsiga ehtirom sifatida 
Toshkentdagi ko‗chalardan biri va 224-maktabga, shuningdek, Andijon shahridagi ko‗cha 
va maktablarning biriga, Bo‗z tumanidagi akademik litseyga uning nomi berilgan.
2012-yil 10-iyun kuni Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‗da Saida 
Zunnunova hamda uning umr yo‗ldoshi Said Ahmadning haykali ochildi.
Ijodiy faoliyati 
Saida Zunnunovaning ilk she‘ri – «Salom senga» 1945-yili Andijon viloyatining 
«Paxta fronti» gazetasida bosilgan.
I. She’riy to‘plamlari 

«Qizingiz yozdi» (birinchi to‗plami) 

«Yangi she‘rlar» 

«Gullar vodiysi» 

«Qizlarjon» 

«She‘rlar» 

«Bir yil o‗ylari» 

«Nilufar» 
II. Dostonlari 


371 

«Sodiq va Anor» 

«Xayrixon» 

«Surat bilan suhbat» 
«Surat bilan suhbat» dostoni haqida 
Bu asari bilan shoira iymoni butun onalarga, ayollarga madhiya bitadi. Dostonda 
onaning urush tufayli ota mehridan benasib bo‗lgan, ne mashaqqatlar bilan o‗stirgan 
o‗g‗lining nikoh kechasidan keyingi iztirobli o‗y-xotiralari tasvirlanadi. Onaning qalbida 
ikki qarama-qarshi kechinma – farzandining kamolga yetgani, to‗yini ko‗rganidan 
quvonch, shukronalik hamda shu kunlarga yetolmaganlar haqidagi g‗am-anduhli xotiralar 
kurashadi. 

«Qo‗shnilarim» 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling