Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
Asarning umumiy mazmuni:
«Sohibqiron» dramasida Amir Temur janglarda emas, balki ko‗proq o‗ylar girdobida aks ettiriladi. Asarda Temurning murakkab tabiati uning Amir Husayn, Sulton Boyazid, amirlar, o‗g‗illariga munosabatini ko‗rsatish mobaynida yorqin aks etgan. Amir Temur tajribali hukmdor va o‗ychil faylasuf sifatida davlatni ushlab turguvchi tayanchlarni «Mo‘l xazina, yagona shoh, yengilmas lashkar» deya belgilaydi. Uning jahongirlik tabiati suruvda bitta cho‗pon bo‗lganiday, xalqni ham bir podshoh boshqarishi kerakligi borasidagi qanoatida namoyon bo‗ladi. Dramada jahongirning fuqarolarga munosabati «Hukmdorlar seva turib fuqarolarni Umid hamda qo‘rquv ichra saqlashi darkor» degan qarashida aks etadi. 386 A.Oripov Temurni o‗z yo‗lining to‗g‗ri-noto‗g‗riligini aniqlashga tinmay urinadigan, bosgan har bir qadami xususida fikr yuritadigan kishi sifatida ko‗rsatadi. Shuning uchun Temurning «Unutmagil, muzaffarman haqligim uchun» degan so‗zlari o‗quvchiga qahramon fikrlash tarzining mantiqiy hosilasiday ta‘sir qiladi. Asarda Amir Temurning o‗z dushmanlari gunohlarini ham kechira oladigan shaxs ekani Sulton Boyazid, haddidan oshgan kimsani jazosiz qoldirmasligi Amir Husayn, ezgu amalli kishilarni taqdirlashi Hofiz Sheroziy va Qosimbek timsollari orqali ishonarli aks ettirilgan. Dostonda Boyazidning Amir Temurga yozgan xatidagi haqoratlar uni urushga kirishishga majbur etishi ishonarli tasvirlangan: «Agarda sen biz tomonga kelmasang, Temur, bilib qo‘yki, xotunlaring uch taloq bo‘lgay. Agar seni yenga olmay chekinsam ortga Unda mening xotunlarim bo‘lsin uch taloq». Muallif hech bir musulmon chidashi mumkin bo‗lmagan bunday odobsizlikka Temurning jang bilan javob berishi tabiiyligini tarixiy haqiqatga ham mos holda ko‗rsatadi. A.Oripov asar bosh qahramonini o‗ylar og‗ushida aks ettiradi. Temur xato qilib birovlarning umriga zomin bo‗lishdan qo‗rqadi. Ammo o‗zini buyuk bir tarixiy missiyaning ijrochisi deb biladi: «Nega ko‘pdir nayrangboz-u kazzob kimsalar? Nega bosgan yer yuzini buncha ko‘p illat? Men zaminni tozalashim kerak ulardan». Jahongir jangovor yurishlarida doim biror xalqqa qarshi emas, balki yovuz hukmdorga qarshi qo‗shin tortadi. Shu tariqa muallif Sohibqiron faoliyatining axloqiy asoslarini aks ettiradi. Amir Temurning Ahmad Yassaviy bilan uchrashuvi asarning eng ta‘sirli lavhalaridan biridir. Bu o‗rinlarda Amir Temur o‗z xatti-harakatlariga ma‘naviy asos qidiradi. Yassaviyning: «Ayt-chi, Temur, sen besabab qon to‗kkanmisan?» – degan so‗rog‗iga javob berish jahongirga oson kechmaydi. Sohibqiron islomiy tartiblar o‗rnatish, adolatni qaror toptirish uchun qon to‗kkani haqida o‗ylaydi. Dunyoda banda tomonidan kuch bilan adolat o‗rnatilishi shubhali ekanligi Yassaviyning «Niyat qancha jozibali bo‗lsa ham, Temur, qilich bilan murod hosil bo‗lmog‗i gumon» degan so‗zlarida ifoda etiladi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling