Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

III. Dostoni 

«Adashgan ruh» (lirik doston, tugallanmagan, 1991) 
IV. Tarjimalari 

Bayron: «Manfred» 

Nozim Hikmat: «Inson manzaralari» 

Mahmud Hodiy: «Ozodlik lavhalari» («Alvohi intiboh») 

Karlo Kaladze: «Dengiz xayoli» 

A.Dyuma: «Uch sarboz» 
Asqad Muxtor: «Rauf Parfi – yaralari ochiq shoir. Unda hazinlik ko‗p, ora-chora 
shunchaki marsiya ham yozib tashlaydi, tushkunlik alomatlari ham uchraydi. Men buni 
shoirning aybiga yo‗ymasdim. Shoir insoniy dardlardan xoli bo‗lolmaydi. Rauf Parfi esa 
shoir sifatida o‗zligini to‗laroq ifodalashga intiladi».
Shukur Xolmirzayev 
(1940 – 2005) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
Shukur Xolmirzayev 1940-yilning 24-martida Surxondaryo viloyati Boysun 
tumanidagi Shahidlar guzarida dunyoga keldi. Otasi Fayzulla Xolmirza o‗g‗li asli 
Bulung‗urdan bo‗lib, sho‗rolar tuzumining dastlabki davrida yuqori lavozimlarda 
ishlagan. Millatning asl farzandlari qatag‗on qilingan 1937 – 1938-yillarda sho‗rolar 
xurujidan qochib Boysunga ketishga majbur bo‗lgan. Bu yurtda bo‗lajak adibning onasiga 
uylanadi. O‗sha yerda tuman gazetasiga muharrirlik qiladi. Lekin u qonsiragan sho‗ro 


392 
hukumati changalidan qutulolmaydi. 1940-yil o‗rtalarida qamoqqa olingan Fayzulla 
Xolmirza o‗g‗li sovug‗i qahrli Magadan o‗rmonlarida og‗ir mehnatdan sillasi qurib 1944-
yili vafot etadi. Bo‗lajak yozuvchining onasi ham ishchan va o‗ziga yarasha ma‘lumotli 
ayol edi. Shu bois u uzoq yillar tuman miqyosidagi rahbarlik lavozimlarida ishlab keldi.
Shukur Xolmirzayev Boysundagi o‗rta maktabni tugatgach 1958-yili Toshkent davlat 
universiteti (hozirgi O‗zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetiga o‗qishga 
kirdi va uni 1962-yili bitirdi. So‗ng «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, «Guliston», 
«Sharq yulduzi» jurnallarida bo‗lim mudiri, ma‘lum muddat Muqimiy nomidagi teatrda 
adabiy emakdosh bo‗lib faoliyat ko‗rsatdi.
1991-yili adibga «O‗zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni berildi.
Shukur Xolmirzayev og‗ir kasallikdan so‗ng 2005-yilning 29-sentyabrida vafot etdi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling