Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchidan
Ikkinchidan, mustaqil o‗zbek davlati badiiy adabiyotni sho‗ro zamonida bo‗lgani kabi
o‗z monopoliyasiga aylantirishga urinmadi. Shu bois ijod erkinligiga obyektiv sharoit yaratildi. Adabiyot ijodkorning ko‗ngil ishiga aylandi va aylanmoqda. Bugun badiiy ijod bilan shug‗ullanayotganlar shaxs sifatida ham, ijodkor sifatida ham tamomila o‗ziga xos, xilma-xil kishilardir. Istiqloldan keyingi davrda haqiqiy adabiyot o‗z ko‗ngliga qarshi bormaydigan, uning royishlariga zug‗um o‗tkazmaydigan kishilar tomonidan yaratilayotgani quvonarlidir. Adabiy tanqid, o‗quvchilar ommasi nima desa ham bu ijodkorlar o‗z bilganlaricha yozishdan qaytmaydilar. Ular ijodini o‗zlariga emas, aksincha, o‗zlarini ijodiga bo‗ysundirgan kishilardir. Shu yo‗sinda juda yaqin o‗tmishda ham ijtimoiy-siyosiy hodisa sanalib kelgan badiiy adabiyot milliy-estetik aktga evrildi. Uchinchidan, istiqlol davri adabiyoti odamga ishchi kuchi, ishlab chiqaruvchi, mehnatkash sifatida yondashish tarzidan qutuldi. Milliy adabiyot millat vakillarining mehnatinigina emas, balki ularning shaxsiyatiga daxldor jihatlar: ruhiyati, hissiyoti, ko‗nglini tasvirlashga kirishdi. Bu adabiyot uchun insonning o‗zi asosiy qadriyatga aylana boshladi. Shu tariqa milliy adabiyotning qahramonlari jug‗rofiyasi kengaydi. Odam biror ijtimoiy qatlamning vakili tarzida emas, murakkab va anglash mushkul inson sifatida badiiy tadqiq etiladigan bo‗ldi. To‘rtinchidan, mustaqillik davri o‗zbek adabiyoti biror ijtimoiy tuzumning afzalligini ko‗rsatish, siyosiy tizimlarni takomillashtirishga emas, alohida inson shaxsining ma‘naviyatini mukammallashtirishga yo‗naltirildi. Bu hol badiiy qahramonlarni turli rakurslardan turib eng ichkin va yashirin jihatlarigacha tadqiq etish imkoniyatini berdi. Shu sababdan ham istiqlol davri adabiyoti «aholisi» sezilarli darajada nozik, ingichka, 403 o‗ziga xos, betakror bo‗lib bormoqda. Bu davr adabiyotida tipik obrazlarni emas, badiiy tiplarni tasvirlashga ko‗proq intilinayotganining sababi ham shunda. Shu yo‗sin bu davr adabiyoti ommani ko‗rsatishga emas, shaxsni tadqiq etishga yo‗naltirildi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling