Dilnavoz Yusupova
MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
11. MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI
O‗tgan asrning 90-yillaridan e‘tiboran o‗zbek xalqi o‗z tarixining yangi bosqichiga kirdi. Millat holatining estetik ifodasi o‗laroq istiqlol adabiyoti deb atalmish badiiy hodisa yuzaga keldi. Istiqlol davri o‗zbek adabiyoti ko‗p asrlik milliy adabiyotning mantiqiy davomidir. Mustaqillik davri o‗zbek adabiyoti – bir qator o‗ziga xos belgilarga ega bo‗lgan badiiy-estetik hodisa. Istiqlol davri o‗zbek adabiyoti tubdan o‗zgargan milliy ongning, tamomila yangilanayotgan estetik tafakkurning mahsulidir. Mustaqillik tufayli millat ahli o‗z ma‘naviyatining asosi bo‗lmish Qur‘oni Karim bilan o‗zbek tilida tanishish imkoniga ega bo‗ldi. Bu hol millatning tafakkuri sog‗lomlashuviga olib keldi. O‗zbek xalqining tafakkuri tarixini umumiy qilib Qur‘oni Karim tarjima qilinguncha va tarjima qilingandan keyingi davrlarga ajratish mumkin. Negaki bu muqaddas kitobning o‗zbekchaga ag‗darilishi millatning e‘tiqodi, dunyoqarashi va ma‘naviyatida o‗ziga xos inqilob yasadi. Tabiiyki, dunyoqarashi tozargan millatning adabiyoti ham yangilanadi. Shu tariqa hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, dunyoni har xil anglash, izohlash hamda tasvirlash samarasi sifatida istiqlol adabiyoti dunyoga keldi. Mustaqillik davri o‗zbek adabiyoti yagona hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, dunyoni har xil anglash, izohlash hamda tasvirlash imkoniyatiga ega bo‗lgan millat ijodiy dahosining samarasi sifatida dunyoga keldi. Ijtimoiy taraqqiyot yo‗sinlarini, muayyan shaxs ruhiyati manzaralarini sinfiy kurash va partiyaviy yondashuvsiz ham tasvirlash natijasi bo‗lib yaratildi. 402 Mustaqillik davri o‗zbek adabiyoti tafakkur oinlari o‗zgacha ijodkorlarning estetik qarashlari natijasida dunyoga kelgan hodisa o‗laroq bir qator o‗ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, bu davr adabiyoti hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, olam va odam ruhiyatiga mansub hodisalarga xilma-xil qarashlarning mahsulidir. Bu davrda olamning mavjudlik yo‗sinini turlicha izohlash imkoniyati paydo bo‗ldi. Bu hol milliy adabiyotimizning ifoda imkoniyatlarini kengaytirdi. Ilmiy-estetik qarashlar xilma-xilligini yuzaga keltira boshladi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling