Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
tug‘ishdan qolgan» she‘ri faqat bir qadar estetik tayyorgarlikka ega o‗quvchigagina ta‘sir
ko‗rsatadi va uning xayolot olamini bezovta qiladi. Hissiy va intellektual hozirligi bor odamgina to‗rt so‗zdan iborat bu asarda bir olam ijtimoiy dard ifodasini topganligini ko‗rishi mumkin: bir vaqtlar yurt egasi bo‗lmish Go‗ro‗g‗lini tuqqan O‗zbekyurtning go‗rlari bugun qisir. Shu bois go‗ro‗g‗lilar tug‗ilmayotir. Binobarin, o‗zining sha‘ni va yurtining ozodligi uchun kurasha oladigan erkaklar yo‗q bu yurtda va h.k. O‗quvchi qancha o‗ychil va ta‘sirchan bo‗lsa, she‘rdan shuncha kuchli ta‘sirlanadi va aksincha... Shu bois bunday she‘rlarning o‗quvchilari iste‘molchigina emas, yaratuvchi ham. B.Ro‗zimuhammadning bir she‘rida shunday misralar bor: ko‗zdan ichkarida yo‗l yo‗q so‗zdan ichkarida yo‗l yo‗q ammo xo‗roz qichqirig‗i ortiga shafaqrang qishlog‗im bekinib olgan Bu satrlarda odatdagi she‘rlar kabi qofiya ham, turoq ham, musiqiylik ham yo‗q. Ammo unda ijodkorning chigal kayfiyati bor. Xo‗roz qichqirig‗i – tongning belgisi. Demak, tong otsa, xo‗roz qichqiradi va uning qichqirig‗i barobarida shafaqrang qishloq namoyon bo‗ladi. Qishloqning shafaqrangligi ham bejiz emas. Ehtimol, qishloq endigina ko‗tarilayotgan quyosh nuriga ko‗milganligi uchun ham shunday ta‘riflanayotgandir. Ehtimol, bu o‗rinda shoir xo‗roz qichqirig‗idan so‗ng tunning ko‗rpasi ko‗tarilib, ostidan qishloq ko‗rinishini nazarda tutgandir. Shoir she‘riyatning odatiy tartibini inkor qiladigan uslubga murojaat etgan. Uni oddiy mantiqning qoliplari bilan izohlab bo‗lmaydi. Ushbu she‘r faqat shu ijodkorgagina taalluqli bo‗lgan badiiy mantiq qonuniga muvofiq yaratilgan. Odatda, chinakam badiiy hodisa o‗ziga xos olam va u o‗zining qoidalarigagina muvofiq keladi. Shu bois asl badiiy hodisa bir bor yaraladi, unda takror yo‗q. Qonuniyat esa takrorni taqozo qiladi. Yuqoridagi parchada shoirning alohida ruhi, o‗zigagina xos nuqtayi nazari sezilib turadi. Ayni vaqtda, she‘r o‗quvchini jalb etadi, uning e‘tiborini tortadi, o‗yga toldiradi. Uning tafakkuriga-da 407 nimadir yangilik yetkazadi, ko‗ngliga-da qandaydir yengillik bag‗ishlaydi. Dunyoni shu tarzda ko‗rgan, olam ranglarini shu taxlit tuygan shoirga e‘tiroz qilib, tayyor qoliplarni tiqishtirib bo‗lmaydi. Poeziyaning o‗z asl manbasiga qaytganligi, ko‗ngil rozlarini, ruhiy tovlanishlarni nozik ishoralar, nazokatli obrazli ifodalar orqali tasvirlashga o‗tilganligi istiqlol davri o‗zbek she‘riyatiga xos asosiy xususiyatlardan bo‗ldi deyish mumkin. Bu davr milliy she‘riyatida ommaviylikdan, hammaboplikdan qochishga urinish kuchaydi. She‘riyat omma uchun emas, balki, avvalo, muallifning o‗zi uchun, qolaversa, ijodkorga tuyg‗udosh shaxslar uchun yaratiladigan bo‗ldi. Shu bois she‘rxonlar adadi birmuncha kamaygan esa-da, ularning poetik so‗zni, obrazli ifodani anglash darajasi ortdi. Chunki baland she‘riyat yuksak didli she‘rxonni talab qiladi va uni shakllantiradi. Mustaqillik davrida o‗zbek poeziyasi o‗quvchi darajasiga tushishdan she‘rxonni o‗z darajasiga ko‗tarish pallasiga kirdi. Shu tariqa azaldan she‘rparast bo‗lgan millatning badiiy zavqi ingichkalashib, so‗z jozibasini anglash qudrati sezilarli darajada oshib bormoqda. O‗zbek she‘rxonlarida birorta tinish belgisi ishlatilmagan tizmadan ham, murakkab mavhum assotsiativ obrazlilikka to‗la she‘riyatdan ham, tasavvufiy ilhom samarasi o‗laroq dunyoga kelgan munojotlardan ham, poetik san‘at deyish mumkin bo‗lgan ramziy ifodalardan ham, meditativ nazm namunalaridan ham ta‘sirlanish, ularni baholay olish ko‗nikmasi shakllanib bormoqda. Nasr istiqlol adabiyotining salmoqli va og‗irkarvon turidir. Agar mustaqillik davri she‘riyatida yoshlar faol, yangi avlod shoirlari ko‗zga yaqqolroq tashlangan bo‗lsa, nasrda ijodiy davomlilik ustuvorligi namoyon bo‗ldi. Taniqli nosirlarimiz ham ijodiy tajribalar o‗tkazish, yangi usullarni qo‗llashdan cho‗chiyotganlari yo‗q. Keyingi o‗n yillikda O.Yoqubov, Sh.Xolmirzayev, Muhammad Ali, O‗.Hoshimov, O.Muxtor, T.Malik, Tog‗ay Murod, A.Dilmurod, N.Norqobilov, X.Do‗stmuhammad, N.Eshonqulov, T.Rustamov, A.Yo‗ldoshev, U.Hamdam, S.Vafo, Z.Qurolboy qizi, A.Nurmurodov, Abbos Said singari turli avlodga mansub ijodkorlar o‗ziga xos yo‗sinda qalam tebratib milliy proza taraqqiyotini ta‘minlayotirlar. Ijodiy tajribalar qilish, kutilmagan tasvir yo‗sinlarini qo‗llash, badiiy ifodaning yangi tamoyillaridan foydalanish o‗zbek nasrining bu bosqichi uchun yetakchi xususiyatlardir. 408 O.Muxtorning tamomila yangicha ifoda usullarida yaratilgan «Ming bir qiyofa», «Ko‗zgu oldidagi odam», «Tepalikdagi xaroba», «Ffu», «Ayollar saltanati va mamlakati», «Maydon» romanlari, Nazar Eshonqulning jahon prozasining eng ilg‗or tajribalari asosida sof milliy obrazlar yarata olgan «Qora kitob» qissasi, «Shamolni tutib bo‗lmaydi», «Tobut shahar», «Quyun» hikoyalari, X.Do‗stmuhammadning «Bozor» romani, «Oromkursi» qissasi, «Jajman», «Qorachiqdagi uy» hikoyalari tasvirning quyuqligi, inson ruhiyati qatlamlarini aks ettirish miqyosining kengligi va ifoda tarzining favquloddaligiga ko‗ra milliy adabiyotimiz uchun yangi badiiy hodisalar bo‗ldi. N.Eshonqul milliy istiqlol davri o‗zbek nasriga yangi ohang olib kira oldi. Uning «Shamolni tutib bo‗lmaydi» hikoyasi ifodaning qabariqligi, tasvir markaziga olingan shaxs tabiatining mutlaqo kutilmagan va yangiligidan tashqari ohangning o‗zgachaligi bilan ham kishini hayratga soladi. Shu vaqtga qadar bu taxlit ko‗p qatlamli, zalvorli, hikoya maromining o‗zi bilan badiiy kayfiyat hosil qila biladigan nasr namunasi milliy adabiyotimizda yo‗q edi hisob. Nazar Eshonqul nasrimizni shunday ohang bilan boyitdiki, bu ohang o‗zbekka xos jihatlarni ifodalash imkoniyati jihatidan tengsizdir: «Qishloqdoshlari bahor kelishi bilan eski yaylovlarga ko‘chib chiqishar va yer Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling