JAHON ADABIYOTI
Ezop
(Miloddan avvalgi VI asr)
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar
Miloddan avvalgi VI asrlarda Yunonistonda yashagan Ezop Frigiya mamlakatidan
edi. U urushlar natijasida qul qilib olinib, Yunonistonga kelib qolgan. Donishmandligi
bilan o‗zini qullikdan xalos etib, Lidiya shohi Krez saroyida xizmat qilgan, so‗ng Bobil
shohi Likurg saltanatida xazinabon darajasiga ko‗tarilgan. Keyinroq haqgo‗yligi,
adolatparastligi, kinoyali achchiq tili uchun alamzada, hasadgo‗y dushmanlari uni Delfa
shahrida tog‗ qoyasidan otib yuborib o‗ldirganlar.
Ijodiy faoliyati
Ezopning 500 ga yaqin masallari qadim davrlardayoq jamlanib «Ezop masallari»
nomi ostida kitob qilingan va donishmandlik o‗gitlari sifatida butun dunyoga tarqalgan.
Ezop masallari
«Yovvoyi echkilar va cho‘pon»
Asar syujeti. Cho‗pon o‗z echkilariga aralashib qolgan yovvoyi echkilarga eski
echkilarga nisbatan ko‗proq yem beradi, buni ko‗rgan yovvoyi echkilar cho‗ponni
bevafolikda ayblab qochib ketadilar.
Xulosa: yangi do‗stlarni eskilaridan afzal tutuvchilarga yaqinlashmagan yaxshiroq.
«Kiyik va tokzor»
Asar syujeti. Ovchilardan qochgan kiyik tok barglari ortida qutulib qoladi, ovchilar
ketgach, tok barglarini yeb qo‗yadi, birozdan so‗ng qaytgan ovchilar kiyikni ovlaydilar.
Xulosa: yaxshilikka yomonlik qilgan jazo oladi.
«Bo‘ri bilan laylak»
Asar syujeti. Bo‗rining og‗ziga suyak tiqilib qolganda, laylak uni olib tashlaydi va
buning uchun bo‗ri og‗zidan omon chiqqanini laylakka mukofot deb baholaydi.
Xulosa: badfe‘l kishilar yomonlik qilmaganlarini yaxshilikka yo‗yadilar.
«Eshak bilan baqalar»
Asar syujeti. Ustiga o‗tin ortilgan eshak botqoqqa yiqilib tushib oh-voh qilganda
baqalar unga o‗z hayotlari shu botqoqda o‗tishini aytib tanbeh beradilar.
415
Do'stlaringiz bilan baham: |