Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
shudgorlar, har kim o‘z tashvishiga berilib ketardi. Qishloqda qolgan Bayna momo esa bu
paytda yolg‘izlik dashtini shudgorlar, u yerga har yili Zamon otboqar hukumat odamlari bilan kelib eri va o‘g‘lini otib tashlagan oqshomni ekar va so‘ng yolg‘iz o‘zi hosilini ham yig‘ib olardi. Bayna momo har kecha ko‘z yoshlari bilan to‘lgan qayiqda yillar qoyalari orasida qolib ketgan eri bilan o‘g‘lining ilma-teshik bo‘lgan murdasi va Zamon otboqarning muzaffar qamchisi yotgan qonli xalqob bilan to‘lgan ayvonga suzib borar, ertalablari ho‘l bo‘lib ketgan yostig‘ini xuddi qadim ajdodlarning unut bo‘lgan yaloviday... baland tolga osib oftobda quritardi». Ifodadagi zalvor, serqatlam estetik bosim, ruhiy holat manzaralari tasvirining ayni shu tarzda zanjirsimon va boloxonador qilib berilishining o‗zi hikoyada o‗ziga xos ohang paydo qilgan. Bu ohang momoning yolg‗izligi va baxtsizligi miqyoslarini tuyish va tushunish imkonini bergan. Ulug‗bek Hamdamning «Muvozanat», «Isyon va itoat» romanlari, «Yolg‗izlik» qissasi, qator hikoyalari qahramonlar ruhiy olamini tadqiq etish ko‗lami va yo‗sinlari jihatidan 409 adabiyotimiz uchun tamomila yangilik bo‗ldi. Ularda bayon, ifoda etish, ko‗rsatish, tasvirlash singari usullar badiiy tadqiqqa o‗z o‗rnini bo‗shatib bergan. Yozuvchi uchun qahramonlarining xatti-harakatlarini ko‗rsatish emas, balki uning o‗y-u sezimlaridagi tovlanishlarni aks ettirish muhim. Arastu zamonlaridan buyon adabiyotning mohiyati hayotdagi xaos, ya‘ni tartibsizlikni badiiyatning kosmosi, ya‘ni tartibiga aylantirishdan iborat deb tushunib kelingan. Voqelikdagi «tartibsizlik»lar muayyan muntazamlik kasb etishi, intizomga solinishi bilan badiiy asar yuzaga keladi deb qaralgan. U.Hamdamning «Yolg‗izlik» qissasida esa aynan shu tartibsizlikning o‗zi, voqelikdagi emas, inson xayoli, kechinmalaridagi tartibsizlik tasvir obyektiga aylangan. Qissada muallif qahramon o‗y- xayollarini uning xarakterini ochish vositasiga aylantirmaydi. Bil‘aks, o‗y-xayollarning tartibsiz va noizchil oqimini berishning o‗zini maqsadga aylantiradi. Ma‘lumki, inson xayolotida izchillik, muntazamlik bo‗lmaydi. Ko‗p hollarda odam xayolni emas, xayol odamni yetaklaydi. Shu tariqa milliy adabiyotimizda, sirtdan qaraganda, badiiy maqsadga bo‗ysunmaganday taassurot qoldiruvchi, aslida, o‗ychil inson tafakkuri va hissiyoti manzaralarini namoyon etuvchi asar dunyoga kelgan. Sh.Xolmirzayev «Olabo‗ji», «Dinozavr» romanlari, «Bulut to‗sgan oy» qissasi, «O‗zbeklar», «Ozodlik», «Navro‗z, navro‗z» hikoyalarida, N.Norqobilov «Oqbo‗yin», «Qoyalar ham yig‗laydi» qissalari, «Oriyat», «Quvonchli kun» hikoyalari, Sh.Bo‗tayev «Sho‗rodan qolgan odamlar» qissasi, «Darvesh» hikoyasi, Tog‗ay Murod «Otamdan qolgan dalalar» romanida nasrning an‘anaviy tasvir yo‗sinidan mahorat bilan foydalangan holda millat vakillarining g‗oyat o‗ziga xos jonli badiiy timsollarini yaratdilar. Ularda an‘anaviy tasvir yo‗nalishi o‗ziga xos badiiy izlanishlar hamda dunyo adabiyotidagi eng so‗nggi ifoda usullarini dadil qo‗llash bilan omixtalashib ketgan. Mustaqillik davri o‗zbek nasrida inson shaxsini xilma-xil rakurslarda aks ettirish, uning xatti-harakatlari va o‗y-xayollari ruhiy asosini tadqiq etishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Milliy adabiyotimiz aholisi qisqagina vaqt orasida Ulton, Gulsara, Tavakkal, Husan polvon, Ernazar polvon, Zuhra, Bayna momo, O‗sar, Ko‗klam singari yirik, o‗ziga xos, boshqa adabiy qahramonlar orasida yo‗qolib ketmaydigan qabariq obrazlar hisobiga boyidi. 410 Milliy tafakkurda yalpi yangilanish boshlangandan beri ko‗pchilik tomonidan anglab yetilgan va tan olingan haqiqatlardan biri shu bo‗ldiki, odamning eng kichigi, eng ko‗rimsizi, eng zabuni, eng noshudi ham odamdir. Binobarin, badiiy adabiyot kichik odamning katta va chigal ichki dunyosidagi behudud poyonsizlikni, turfalikni tadqiq etishi lozim. Bir qator asarlarda sirtdan qaraganda ko‗zga tashlanib turadigan jihati yo‗q, hamma qatori, ammo botinida ulkan iztiroblar, ruhiy po‗rtanalar mavjud bo‗lgan «kichik» odamlarning ichki dunyosi bor bo‗yicha aks ettirilgan. Nosirlarimizda ma‘naviy dunyosi quruqshagan, risoladagi odamlarday fikrlash va o‗zgalarni tuyish saodatidan mahrum bo‗lgan ma‘naviyatsiz kimsalarni tasvirlash mahorati shakllanayotganligi ham quvonarli holdir. Sh.Bo‗tayevning «Sho‗rodan qolgan odamlar» qissasi, A.Yo‗ldoshevning «Otchopar» qissasi va «So‗qir» hikoyasida ayni shu xildagi qahramonlar tasvir etilgan. Bu asarlarda ma‘naviyatdan mahrum, shaxsi sindirilgan, shu bois o‗zligi yitgan kishilarning g‗aroyib qismati aks ettirilgan. Ular hamisha ham ojiz, notavon, noshud emaslar. Ba‘zan juda ishchan, olg‗ir, uddaburon bo‗lishlari ham mumkin. Lekin bunday kimsalarning umumiy xislati ichki olamning omonatligi, quruqshaganligi, ma‘naviyatining kichikligidir. Mustaqillik davri o‗zbek nasri qahramonlar tasvirida sxematizmdan qutulib bormoqda. Badiiy asarda odamga ijobiy-salbiy yoki tipik-notipik singari qoliplar orqali emas, balki mavjudligining o‗zi bilan adadsiz sir-u sinoatlarga to‗la tirik inson tarzida yondashish qaror topib borayotir. Bu fazilatlar barcha ijodkorlar uchun ham xos deb bo‗lmaydi, albatta. Lekin odamga yondashishda jo‗nlikdan, qolipdan voz kechilganligining o‗ziyoq nasrimiz taraqqiyotida sog‗lom tamoyillar qaror topayotganini ko‗rsatadi. O‗zbek milliy tafakkuri, estetik qarashlarida sodir bo‗lgan evrilishlar dramaturgiya taraqqiyotiga ham jiddiy ta‘sir ko‗rsatdi. Bu vaqtda yaratilgan asarlar orasida Usmon Azimning «Bir qadam yo‗l», Erkin Samandarning «Arabmuhammad Bahodirxon», Ilhom Hasanning «Bir kam dunyo», Abdulla A‘zamning «Dugohi Husayniy», «Jek London hikoyasidan so‗ng», O.Yoqubovning «Bir koshona sirlari» kabi asarlari hozirgi o‗zbek dramaturgiyasida erishilgan yutuqlardan bo‗ldi. «Bir qadam yo‗l» dramasida inson ko‗ngli mayllariga e‘tiborsizlik, vaqtida odamni qadrlamaslik singari jihatlar keksa kishining murakkab taqdiri misolida aks ettirilgan. Samarqandni ko‗rish, uni ziyorat etishni bir umr 411 orzu qilib yashagan, ammo vaqtida qo‗li kaltaligi, keyinchalik turmush tashvishlari bilan ovora farzandlarining e‘tiborsizligi sabab yonginasidagi shaharni ko‗rmay o‗tib ketgan qariya va uning atrofidagilar ruhiyati asarda katta mahorat bilan ko‗rsatilgan. Dramaturgiyada shakliy, ijodiy tajribalar o‗tkazish yo‗nalishidagi izlanishlar to‗xtagan emas. U.Azim va A.A‘zam qalamiga mansub dramalar sahna asarlari yaratishdagi dadil tajribalar mahsulidir. Dramaturglar hayotiy holatlar son-sanoqsiz bo‗lishi mumkinligi va undagi o‗zgarishlar ana shu vaziyatda harakat qilayotgan qahramonlar tabiatida ham jiddiy evrilishlar yasashi mumkinligini nozik his etgan holda drama-versiya, drama-vaziyat singari ifoda shakllarni o‗ylab topganlarki, bu hol asarlarning bir qadar muvaffaqiyatli chiqishini ta‘minlagan. E.Samandarning «Arabmuhammad Bahodirxon» tragediyasida esa insoniyat paydo bo‗lgandan beri hal bo‗lmay kelayotgan yaxshilik va yovuzlik, nafs va qanoat, hokimiyat va farzandlik burchi singari qarama-qarshi qadriyatlar o‗rtasidagi to‗qnashuv bobolarimiz taqdirlari misolida ta‘sirli tasvirlab berilgan. Harbiy qudrati bo‗lishiga qaramay, o‗zining yovuz farzandlariga qarshi qo‗shin tortishni istamagan Arabmuhammadxon shaxsiyatidagi yuksak sifatlar va o‗z otalarining ko‗ziga mil tortish darajasida yirtqich bo‗lgan Habash va Elbars timsollaridagi tubanliklar asarda juda ta‘sirli yo‗sinda ko‗rsatib berilgan. Ayni vaqtda milliy dramaturgiyaning tilga olishga loyiq badiiy yutuqlar qo‗lga kiritilishi og‗ir kechayotgan soha bo‗lib qolayotganini ta‘kidlash kerak. Dramaturgiya bozor iqtisodi talablariga eng ko‗p berilgan adabiy tur bo‗ldi. Bu hol sahna asarlarining sifatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmay qolmadi, albatta. Aytish kerakki, miqdor jihatidan dramachilik taraqqiyotiga e‘tiroz bildirib bo‗lmaydi. Keyingi yillarda dunyoga kelgan dramalar uchdan biri turli yubileylar munosabati bilan yozilganligi aniqlandi. Komediya degan nomga da‘vogar sahna asarlarining esa deyarli barchasi teatrlarning buyurtmasi bilan yaratilgan. Albatta, ijtimoiy buyurtma yo‗li bilan ham yetuk badiiy asarlar dunyoga kelishi mumkin. Bunga milliy va jahon adabiyoti tajribasidan istagancha misollar topsa bo‗ladi. Ammo butun boshli milliy dramaturgiyani faqat buyurtma yo‗li bilan taraqqiy ettirishga urinishni badiiyat nuqtayi nazaridan sog‗lom hol deb bo‗lmaydi. Komediyalarning saviyasi kishida haqli e‘tiroz va jiddiy xavotir uyg‗otadi. Negaki o‗zbek komediyachiligining dastlabki qadamlariyoq juda zalvorli va esda qolarli bo‗lgan. Hamza, 412 Qahhor, Sh.Boshbekovlarning teran ma‘noli kulgi asarlarini eslashning o‗zi da‘vomizning nechog‗liq haq ekanligini ko‗rsatadi. Bugungi komediyalarning badiiyati na ijrochilarga, na tomoshachilarga va na o‗quvchilarga biror estetik ozuqa bera oladi. Sahnaviy ijodning komediya deb atalmish bir turiga ko‗cha so‗zlari, hissiyoti, tiyiqsiz chuchmallik, pardasizlik o‗ta surlik bilan kirib kelmoqda. Mualliflar to‗qnashuvlar tarangligi haqida emas, so‗zlarning pardasizligi haqida ko‗proq bosh qotirishmoqda. Bu xildagi bitiklar to‗xtovsiz sahnalashtirilayotganligi, boz ustiga, ko‗plab tomoshabinlarga ega bo‗layotganligi jiddiy estetik xavfdir. Chunki millatning badiiy didi shakllanishiga to‗g‗ri yo‗nalish bermay turib uning ma‘naviyatini yuksaltirish, komil shaxsni tarbiyalash haqida gapirish behuda. She‘riyat va nasr borasida mustaqillikkacha bo‗lgan yaqin o‗tmishdagi estetik yuksakliklarga yetibgina qolmay, undan balandroq cho‗qqilarni egallash imkoniyati yuzaga kelganligi ayon haqiqat bo‗lsa, dramaturgiya bobida shu vaqtgacha erishilgan sahnaviy yuksaklikka yaqin kelinmayotgani ham bor gapdir. Davr ahli ruhiyatidagi oshkoralik, sezimlar nozikligi, munosabatlar dramatizmidagi taranglik hali-hanuz pyesalarga ko‗chganicha, sahna realligiga aylanganicha yo‗q. Ehtimol, milliy tafakkurdagi to‗xtamlarning, estetik qarashlardagi qanoatlarning qat‘iylashmaganligi, hozirgi voqelikning ijodkorlardan yetarlicha uzoqlashmaganligi, shu hayot tufayli yuzaga kelgan hissiyotlar jumbishining tiniqmaganligi, ijtimoiy to‗qinishlar ruhiyatlarda bergan aks sadoni sahnabop shaklda moddiylashtirish qiyinligi bunday holning ro‗y berishiga sababdir. Holbuki, har qanday keskin ijtimoiy o‗zgarish va yangicha hayotiy vaziyat dramatik turdagi asarlar yaratilishi uchun mo‗l-ko‗l material bera oladi. Ma‘lumki, milliy adabiyotimiz uchun haq gapni aytish badiiy ijodning unchalar muhim bo‗lmagan oddiy talabiga aylandi. Milliy dramaturgiyamiz esa hanuzgacha zarur gapni keskinroq yo‗sinda aytishni fazilat sanab kelmoqda. Har bir alohida odamda bo‗lgani kabi, har bir millatning va har bir davrning ham o‗z mo‗ljallari, egallanishi orzu etiladigan marralari bo‗ladi. Mustaqillikka erishilganidan keyingi davr o‗zbek adabiyoti uchun inson ma‘naviyati qirralarini tekshirish, odam ruhiyatidagi ko‗z ilg‗amas sezimlarni tadqiq etishga erishish ana shunday baland marradirki, milliy adabiyotimiz uni egallash sari og‗ishmay borayotir. 413 Xullas, mustaqillik davri adabiyoti sog‗lom tamoyillar asosida rivojlanmoqda. Hozir yaratilayotgan turli janrlardagi asarlarda zamondoshlar ruhiyatini tasvirlashning eng ta‘sirchan usullarini kashf etishga jiddiy e‘tibor berilyapti. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling