416
Somoniylar hukmronligi davrida Turon va Eron xalqlari kuchli ijtimoiy-siyosiy,
madaniy-ma‘naviy taraqqiyotni boshdan kechirayotgan edi. O‗z-o‗zidan, milliy o‗zlikni
anglashga ishtiyoq kuchaydi. Bu davlat mustahkamligini ta‘minlash,
boshqalarga
kimlarning avlodi ekanini bildirib qo‗yish uchun ham kerak edi.
Somoniy hukmdorlar topshirig‗i va qo‗llab-quvvatlashi bilan Xuron-u Eronning
ming-ming
yillik shonli tarixini tiklash, afsona va rivoyatlarni,
tarixiy voqea-hodisalar
haqidagi ma‘lumotlarni to‗plash, tartibga keltirish ishlari avj oldirildi. Maqsad shu asosda
yirik bir she‘riy kitob – «Shohnoma» bunyod etish edi.
Bu vazifa taniqli shoir Abu Mansur Daqiqiyga topshirildi. U ishtiyoq bilan asarning
ming baytini bitdi. Afsuski, Daqiqiy fojiali tarzda o‗ldirildi, ish oxiriga yetmay qoldi.
Shundan so‗ng somoniy amiri Nuh ibn Mansur Abulqosim Firdavsiyni Buxoroga
chaqirib, unga chala qolgan «Shohnoma»ni tugatib berish vazifasini yuklaydi.
Shuning
uchun hozirgi Abulqosim Firdavsiy qalamiga mansub «Shohnoma»ning ming bayti
Daqiqiyniki.
Demak, «Shohnoma»ning bir qismi aynan Buxoroda bitilganiga hech qanday shubha
yo‗q.
Do'stlaringiz bilan baham: