III. Tarjimalari
387
Abdulla Oripov Dantening «Ilohiy komediya» («Do‗zax» qismini), L.Ukrainka,
T.Shevchenko, N.Nekrasov, Q.Quliyev, R.Hamzatov singari shoirlarning asarlarini
o‗zbekchaga o‗girgan.
She’rlaridan namunalar
«Dorboz»
Bulutlarga yondosh, osmon ostida
Kiprikdagi yoshday turibdi dorboz.
Qilichning damiday arqon ustida
Ko‘zlarini yumib yuribdi dorboz.
«Temir odam»
Bir haykal turibdi,U – Robot emish,
Temirdan yasalgan, odam timsoli,
Ilmda eng so‘nggi kashfiyot emish,
Aqlli zot emish, qusurdan xoli…
…Temir odam yasab yurguncha ko‘proq
« Jonli temir» larni o‘ylangiz, ustoz.
«Tilla baliqcha»
Tuxumdan chiqdi-yu keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xor-u xas, xazonlar ustin yopdilar.
Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va mudroq tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni...
388
«Men anglab yetgan falsafa»
Bozorga o‘xshaydi, asli, bu dunyo,
Bozorga o‘xshaydi bunda ham ma’ni.
Ikkisi ichra ham ko‘rmadim aslo
Molim yomon degan biror kimsani.
«Sen bahorni sog‘inmadingmi?»
Uyg‘onguvchi bog‘larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonog‘ingdan rang olgan dedim –
Lolazorga burdim yuzimni,
Uchratmadim ammo o‘zingni,
Sen bahorni sog‘inmadingmi?
Bahor kunlarida kuzning havosi,
Tanimni junjitar oqshomgi shamol.
Nega muncha g‘amgin nayning navosi,
Nega qalbim to‘la o‘kinch va malol?
Yana dalalarga boshlaydi havas,
Bog‘larda xazonlar yonadi lov-lov.
Do‘stlarim, bu kuzning barglari emas,
Mening yuragimdan to‘kilgan olov.
Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun
Turnalar tovushin tinglardim faqat (pokiza yoshlik davri).
Sonsiz egatlarga sochilmish, ana,
Mening orzularim, mening o‘ylarim (o‗zbek xalqining yig‗ma obrazi).
389
Shabnam shovullaydi bog‘lar qo‘ynida,
Salqin tuman ichra bo‘zarar tonglar,
Quyoshning erinchak yog‘dularida
Nafis yaltiraydi bargi xazonlar (vatan timsoli).
Oyoqlangan qo‘ziday dovdirar yelda maysa,
Ko‘m-ko‘k moviy osmonda kezib yurar oq bulut.
Qizg‘aldoq bargidek uchar dildan g‘am,
Toshqinlar kiradi qalbimga manim (quvonch va g‗amning birgalikdagi tasviri )
Do'stlaringiz bilan baham: |