Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

II. Dostoni 

«Jahongashta» (1970) 

«Qorasoch»
III. Nasriy to‘plamlari 

«Hamqishloqlarim» (maqolalar to‗plami) 

«Alhazar» (satirik va yumoristik asarlar to‗plami, 1976) 
She’rlaridan namunalar 
Bahor kelsa, boshlanar bog‘da bulbul xonishi,
Sa’va, qumri nag‘masi, suralay tovlanishi, 
Qirlarda lola sayli, qishlovlarda yilboshi,
To‘xtagay tabiatdan haqqushlar zorlanishi –
Bahor, ketma mening bog‘imdan.
(«Iltijo») 
Bobomning orzulari amalga oshmas bo‘lsa,
Yurgan yo‘limda o‘lan, qo‘shiq qalashmas bo‘lsa,
Qo‘shiqlarim bog‘lardan, tog‘lardan oshmas bo‘lsa,
El-yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo‘lsa,
Ko‘nglimda armon yotar
Cho‘kib qolgan nor misol.
(«Armon») 
Nelardandir ko‘ngil bo‘lib g‘ash,
Ham egilib bu egilmas bosh,
Ko‘zlarimda qalqib tursa yosh,


380 
Bu holimga berolmay bardosh 
Bir mushtipar Onam yig‘laydir, 
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir.
(«Tavallo») 
 
Chaman ichinda bir gul, gul bir yon, chaman bir yon, 
Sarv-u sanobarmidir – soch bir yon, suman bir yon,
Sahar, subhi sodiqda mushk bir yon, mujgon bir yon,
Tun pardasin tortsa gar, oy bir yon, osmon bir yon.
(«Gul bir yon, chaman bir yon») 
Erkin Vohidov 
(1936-yili tug‘ilgan) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
O‗zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Farg‗ona 
viloyatining Oltiariq tumanida o‗qituvchi oilasida tavallud topgan. Otasi Cho‗yanboy 
Vohidov, onasi Roziyaxon davrning obro‗-e‘tiborli, ma‘rifatli, faol kishilari edilar. Uning 
otasi Ikkinchi jahon urushidan og‗ir jarohat olib qaytadi va 1945-yili vafot etadi. Bir 
yildan keyin onasi ham dunyodan o‗tadi. O‗n yoshga yetar-yetmay ham ota, ham onadan 
ajrab qolgan yosh Erkinni tog‗asi o‗z tarbiyasiga oladi.
Toshkentga – tog‗asinikiga kelgan bo‗lajak shoir o‗qishini qunt bilan davom ettiradi. 
Unda kitobga, adabiyotga havas juda erta uyg‗ondi. 7-sinfda o‗qib yurganida «Mushtum» 
jurnalida birinchi she‘ri bosildi.
Erkinjon avval o‗rta maktabda, so‗ng hozirgi O‗zbekiston Milliy universitetining 
filologiya fakultetida ta‘lim oladi. 1960-yili o‗qishni bitirgach nashriyotlarda muharrir
bosh muharrir, direktor lavozimlarida ishlaydi, yangi tashkil qilingan «Yoshlik» 
jurnalining oyoqqa turishiga bosh-qosh bo‗ladi.
Erkin Vohidov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni va «O‗zbekiston Qahramoni» 
unvoni bilan taqdirlandi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling