Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

 


378 
To‘ra Sulaymon 
(1934 – 2005) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
To‗ra Sulaymon 1934-yilning 15-fevralida Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi 
Aldashmon qishlog‗ida tavallud topdi. Uning otasini ham «xususiy mulk egasi», 
«mushtumzo‗r» sifatida quloq (ruscha «kulak» – mushtumzo‗r so‗zining o‗zbekchaga 
moslashtirilgan shakli) qiladilar. Oilaning butun tirikchilik tashvishi onaning zimmasiga 
tushadi. 1939-yili uning otasi qamoqdan qaytadi va oilasini Sirdaryoga ko‗chirib ketadi. 
To‗ra Sulaymon shu yerdagi qishloq maktabida o‗qiydi. O‗qishni bitirib, bir necha yillar 
davomida qishloq maktablarida turli fanlardan dars beradi.
Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‗bek nomidagi O‗zbekiston Milliy 
universiteti)ning filologiya fakulteti sirtqi bo‗limida o‗qiydi (1958 – 1964). O‗qishni 
bitirib, Guliston tumanidagi maktablarda ona tili va adabiyotidan bolalarga saboq beradi. 
Tuman va viloyat gazetalarida mehnat qiladi, 1972 – 1981-yillar davomida esa Respublika 
yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyat bo‗limi mas‘ul kotibi, adabiy maslahatchisi 
lavozimlarida ishlaydi.
1999-yili O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan To‗ra Sulaymonga 
«O‗zbekiston xalq shoiri» degan yuksak unvon berildi.
2005-yili To‗ra Sulaymon 71 yoshida dunyodan ko‗z yumdi.
Ijodiy faoliyati 
To‗ra Sulaymonning ilk she‘rlari 1958-yildan nashr etila boshlagan.
I. She’riy to‘plamlari 

«Istar ko‗ngil» (1962, birinchi kitobi) 

«Men qayga borar bo‗lsam»

«Intizor» (1973) 

«Sirdaryo qo‗shiqlari» (1974) 

«Iltijo» (1976) 

«To‗yboshi» (1977) 

«Sizni eslayman» (1980) 

«Qorako‗zginam» (1981) 


379 

«Gulshan» (1988) 

«Sarvinoz» (1989)

«Xarsang» (1984) 

«Jahonnoma» 

«Gul bir yon, chaman bir yon» (1996) 

«Yovqochdi» (1998)

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling