Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Ijodiy faoliyati 
Said Ahmadning ilk mashqi «Ishqiboz» nomli hajviy hikoyasi o‗n olti yoshlarida 
«Mushtum» jurnalida chop etilgan. Adibning mustaqillikdan keyin 3 jildlik «Tanlangan 
asarlar»i chop etilgan.
I. Hikoyalari 

«Ishqiboz» – birinchi hikoyasi. 

«Sobiq» – yumoristik hikoya.
Asarning qisqacha syujeti. Birinchi kun to‗qqiz, ikkinchi kuni to‗qqiz yarim tonna 
tergan paxtakor kutilmaganda ilg‗or terimchi sifatida hammaning e‘tiboriga tushib qoladi, 
muxbirlar kelib rasmga oladi – gazetada rasmi chiqadi; kinochilar kelib Ummatalining 
yerida mashinada paxta terdirib kinoga olib ketadi; madaniyat uyi ochilishida nutq 
so‗zlaydi; rassom kelib rasmini chizadi; o‗t o‗chiruvchilarning tantanasida qatnashadi; 
oxirida tarvuz yutib, tosh ko‗tarib o‗yin ko‗rsatadigan polvonni kutib olishga chiqadi… 
Shu tariqa ikki kungina paxta tergan «ilg‗or mexanizator» umuman boshqa paxta terolmay 
qolib ketadi.
Xulosa: yozuvchi mubolag‗a orqali kulgili vaziyatni kuchaytiradi... Jamiyat rivojiga 
xalaqit berayotgan mayda nuqson, kamchiliklarga e‘tibor qaratadi. Hikoya yumoristik asar 


363 
bo‗lib, bunda holat ustidan kulgi uyg‗ontadi. Yana bunga misol qilib Gogolning 
«Revizor» komediyasini keltirish mumkin.

«Qoplon» – satirik hikoya.
Asarning qisqacha syujeti. Avtobaza direktori Tillayev yangi uyga ko‗chib kelgach, 
garajda mashina yuvuvchi Qurbonboy unga parvona bo‗lib hamma ishni – pol yuvishdan 
to gilam qoqishgacha bajaradi, Tillayevga Qoplon laqabli it ham sovg‗a qiladi. Oqibatda 
direktorning e‘tiborini qozonib garajga mudir bo‗lib oladi, boshqa moddiy ishlarini ham 
bitiradi. Tillayevning sog‗ligi pand bera boshlagach, Qurbonboy itini yetaklab ketadi va 
qaytib kelmaydi. Bir kuni ko‗chada Qurbonboy Qoplonni yetaklab ketayotganini ko‗rib 
chaqirsa, it qaraydi-yu, Qurbonboy qaramaydi – bu orqali yozuvchi itning ikkiyuzlamachi 
Qurbonboydan ko‗ra vafodor ekanini anglatadi. Yangi direktorning taklifi bilan tug‗ilgan 
kun ziyofatiga borganda Tillayev Qoplonni shu yerda uchratadi, Qurbonboy ham yangi 
direktorning chakmonini tuflab artayotgan bo‗ladi, it Tillayevni tanib dumini likillatadi, 
yangi direktor bizning it qalay deb so‗rasa, Tillayev bu itni taniyman deb Qurbonboyni 
nazarda tutadi va uyga kirib ketadi.
Xulosa: yozuvchi hikoya orqali bunday buqalamun, ablah kimsalarning jamiyatda, 
insonlar orasida o‗rni bo‗lishi kerak emas degan g‗oyani ilgari suradi. Hikoya satirik 
asarning yaxshi namunasi sanaladi. Bunda yozuvchi shaxsdagi illatlarni tanqid qiladi
xarakter kulgusini uyg‗otadi, misol uchun, Sharof Boshbekovning «Temir xotin» 
komediyasida Qo‗chqor o‗z xarakteri bilan epizodlarning kulgili tus olishiga sabab 
bo‗ladi. Odil Yoqubovning «Muzqaymoq» hikoyasidagi shahar komsomol qo‗mitasining 
kotibi ham Qurbonboy tipidagi qahramon sanaladi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling