Ijodiy faoliyati
Taxalluslari: Norin shilpiq, Sarimsoq, Mavlon kufur.
I. Hikoyalari
«Abdulla Qahhorning shunday hikoyalari borki, ularni jahon novellistik
adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan bir qatorga qo‗yish mumkin», – deb yozgan edi
rus tanqidchisi V.Smirnova.
«Hikoyalar» (uchta to‗plam, 1935 – 1939)
«Anor»
«O‗g‗ri»
Asarning qisqacha syujeti: Qobil boboning ho‗kizini o‗g‗ri o‗g‗irlaydi. Ellikboshi,
amin unga topib berishni va‘da qilib, va‘dani bajarmaydilar. Qobil bobo arboblarga pora
sifatida o‗zi yemagan narsalarni olib boradi. Ish chiqmaydi. Oxiri ellikboshi qaynatasi
Egamberdi paxtafurushdan ikkita ho‗kizni yerni haydab olish uchun beradi, ammo kuzda
ma‘lum bo‗ladigan shart bilan. Hikoyaga «Otning o‗limi – itning bayrami» degan maqol
epigraf qilib olingan. Hikoyadagi «Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‗kizi yo‗qolmasin»
degan jumla ho‗kiz Qobil bobo singari dehqonlar tirikchiligining asosiy tirgagi
hisoblanganini nazarda tutadi. «Berganga bitta ham ko‗p, olganga o‗nta ham oz» maqoli
ham aynan shu hikoyada keltirilgan. Hikoyadagi «Qozonni suvga tashlab qo‗yish kerak»
jumlasi yemay-ichmay yig‗ish, yo‗qotilgan narsani topish uchun tejamkor bo‗lish
ma‘nosini beradi. Hikoyada ellikboshi Qobil boboga ho‗kizi terisini ko‗nchilik rastasidan
izlashni maslahat beradi. Qobil bobo ho‗kizini topish uchun ellikboshiga, aminga pul,
azayimxonga yarim qop jiyda, uch yelpishtovoq jo‗xori, ikki kalava ip, tilmochga 3 ta
(bittasi kurk) tovuq, yuzta tuxum, pristavga bitta kulangir, bitta farangi tovuq, uch so‗m
pul sarflaydi.
Xulosa: hikoyada boshiga og‗ir kun tushgan insonni jamiyatdagi mansabga noloyiq
kimsalarning talon-toroj qilishi aks ettirilgan. Voqealar chor Rossiyasi davrida bo‗lib
o‗tgani hisobga olinsa, voqealardan bugungi kun qadriga yetish lozimligi oydinlashadi.
332
«Bemor»
Do'stlaringiz bilan baham: |