Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Marosim qo‘shiqlarida to‗y, aza va boshqa marosimlar bilan bog‗liq holatlar 
tasvirlanadi («Yor-yor», «Kelinsalom», «Kuyovsalom» kabi).
Mehnat qo‘shiqlari esa turli mehnat jarayonlari bilan bog‗liq. Masalan, xirmon 
yanchishda «Xo‗p hayda», «Maydagul», sigir, qo‗y, echkilarni sog‗ishda, buzoq, qo‗zi, 


21 
uloqlarni emizishda «Xo‗sh-xo‗sh», «Turey-turey», «Churey-churey» kabi xalq 
qo‗shiqlari dehqon va chorvadorlar ish faoliyatini o‗zida aks ettiradi.
2.4. Xalq dostonlari va ularning turlari 
 
«Doston» forscha so‘z bo‘lib, qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif ma’nolarini 
bildiradi. Adabiy atama sifatida ham folklorning, ham yozma adabiyotning muayyan 
janrini anglatadi. Xalq og‗zaki ijodiga mansub asarlarni yozma dostonlardan farqlash 
uchun ular xalq dostonlari deb yuritiladi. Favqulodda xususiyatlarga ega qahramonlarning 
boshidan o‗tgan qaltis voqealar she‘r va nasriy yo‗lda aralash tasvirlangan yirik hajmli, 
muallifi noma‘lum epik asarlar xalq dostonlari deyiladi.
Xalq dostonlarini do‗mbira yordamida ijro etuvchi, kuylovchi san‘atkor o‗zbeklarda 
«shoir» yoki «baxshi» deb atalgan. Xorazmda dostonlar tor jo‗rligida aytiladi va bu xil 
aytuvchilar «xalfa» deb yuritiladi.
Baxshi va xalfalarning badiiy bisotida juda ko‗p mavzularda, turli yo‗nalishlarda 
yaratilgan dostonlar mavjud. Ularning ilk bor qachon va kim tomonidan aytilganligini 
aniqlash deyarli mumkin emas. Baxshilar repertuaridagi asarlarning katta qismini ishqiy-
sarguzasht dostonlar tashkil etadi. Bunday dostonlar mazmuni, asosan, sevgi 
mojarolaridan iborat. Ulardagi sevgi mojarolari qo‗rqinchli sarguzashtlar, ertaklardagidek 
xayoliy hodisalar hayotiy-real voqealar bilan aralash tasvirlanadi.
Bunday dostonlardagi voqealar tizmasi (syujet) bir-biriga ancha o‗xshashdir. 
Qahramon ko‗pincha afsonaviy go‗zalni tushida yoxud uning suratini uzukda yoki oynada 
ko‗rib qolib unga g‗oyibona oshiq bo‗ladi. So‗ng uni izlab xatarli safarga otlanadi, 
sermashaqqat va tahlikali sarguzashtlarni, ajoyib-g‗aroyib voqealarni boshidan kechiradi, 
turli dushman kuchlar bilan to‗qnashadi, qahramonlik namunalarini ko‗rsatadi. Nihoyat, 
barcha qiyinchiliklarni yengib o‗tib maqsadiga erishadi. Dostonlarimizning asosiy qismi 
ishqiy sarguzashtlarga bag‗ishlanganligi o‗zbek xalqi juda qadim zamonlardan buyon chin 
insoniy muhabbatni qadrlaganini ko‗rsatadi. Ota-bobolarimiz hamisha yor tanlashda
yorga yetishish uchun kurashishda, uning nomusini himoya qilishda dunyo xalqlariga 
namuna bo‗lib kelganlar.


22 
Dostonlar ijrochidan ham badihada, ham ijroda juda katta ijodiy mahorat talab qiladi. 
Dostonning og‗izdan og‗izga o‗tib avloddan avlodgacha yetib kelishi ustoz-shogirdlik 
an‘analarining vujudga kelishiga, oqibatda yirik dostonchilik maktablarining yaralishiga 
sabab bo‗ldi. O‗zbek folklorida xalq dostonlari alohida o‗rin tutadi. Olimlar XIX asr 
oxiridan XX asrning ikkinchi yarmiga qadar o‗zbek baxshilari tomonidan kuylangan 150 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling