Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 499 ot qatnashadi, Boychibor bilan 500 ot
- « kampir o‘ldi » , « it irillar », « chach siypatar » , « qo‘l ushlatar »
... Mard yigitning yori talash bo‘lami,
Er yigitning yorin qalmoq olami? Aka, aytgan so‘zim og‘ir olmagin, Narmoda ishini bunda qilmagin... Yilqichi qul Qultoyning oldiga jo‗natadi. Boybo‗rining topshirig‗i bilan Qultoy dastlab Boychiborni Alpomishga berishni istamaydi, lekin Alpomish va singlisining talabidan so‗ng, nihoyat, Boychiborni unga beradi. Yaqinlari bilan xo‗shlashib yurtidan chiqqan Alpomishga Shohimardon qirq chiltonlar hamisha homiylik qiladi. Chiltonlar qalmoqqa borishning birinchi kechasida charchab uxlab yotgan Alpomish ruhini Barchinniki bilan uchrashtiradilar. Alpomish, Qorajon va Barchinga tushlari vositasida kelajak taqdirlari bildiriladi. Tushida Alpomishning Barchin bilan turmush qurishi ma‘lum bo‗ladi. To‗qson alp Alpomishning Qalmoq yurtiga kelayotganini eshitib galma-galdan Murodtepa degan joyda uni kutib navbatchilikka turishadi. Navbat Qorajonga kelganida Alpomish paydo bo‗ladi. Qorajon ham Alpomishni tushida ko‗rgan, tushda ularning ikkovi aka-uka tutingan va Qorajon musulmonlikni qabul qilgan edi. Qorajon Alpomishning oti Boychiborda Barchinga sovchi bo‗lib boradi. Barchin Alpomish kelgan 36 bo‗lsa ham, va‘damni buzmayman deydi va hammani yig‗ib o‗zining 4 shartini e‘lon qiladi: 1. Boboxondan poyga qilib o‘zdirsa, Oti ildam boyvachchaga tegaman. 2. Yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga, Men tegaman shu yoyandoz polvonga. 3. Ming qadamdan tanga pulni urganga, Men tegaman shul kirag‘ay merganga. 4. Kurash qilib to‘qson alpni yiqqanga, Men tegaman nor bilakli polvonga. Barchin bu shartlarni qo‗yar ekan, albatta, Alpomishning g‗olib chiqishiga to‗la ishonadi. Poygada qalmoq yurtidan 499 ot qatnashadi, Boychibor bilan 500 ot bo‗ladi. Ko‗kaldoshning oti Ko‗kdo‗nan Boychiborni ko‗rib yemdan qoladi. Shunda Ko‗kaldosh Ko‗sa sinchidan Boychiborning qanday ot ekanligini so‗raydi. Sinchi poygada birorta ot unga teng kelmasligini aytadi. Ko‗kaldosh alpning jahli chiqib sinchining ko‗zlarini o‗yib oladi. Hamma tayyorgarliklar tugab, Barchinning barcha talabgorlari Boboxon tog‗iga birinchi shart – poyga uchun yig‗iladilar. Poygada Alpomishning nomidan Qorajon qatnashadi. Ko‗kaldosh boshliq qalmoqlar Boychiborning ildamligi va poygada yutishi aniqligini bilib nomardlik yo‗liga kiradilar. Kimsasiz tog‗da Qorajonni bog‗lab tashlab, otning tuyog‗iga mix qoqishadi. Qorajon Allohdan madad so‗rab, avliyolarni shafe keltiradi. Alpomishning piri Rajabxo‗ja eshon arqonlarni yechib tashlaydi, Qorajon kim yechganini sezmay ham qoladi. Boychibor tilga kirib Qorajonga qamchini ayamay urish kerakligini uqtiradi. Qorajon uning aytganini qiladi. Boychibor Qorajon bilan birga poygachilarning oxirgi oti ketayotgan yerga borib tushadi. Keyinchalik Boychibor 37 bittama-bitta otlardan o‗zib marraga yaqinlashadi. Oxirgi ot Ko‗kdo‗nan edi. Bu ot boshqalaridan anchagina oldinda edi. Poyganing oxirgi masofasida Ko‗kdo‗nan bilan Boychibor musobaqalashadi. Ko‗kaldosh Qorajonni yiqitishga harakat qiladi, ammo bu niyatiga yetolmaydi. «Bularning kelar muddatidan o‗tdi», – deb Alpomish bir baland tepaning ustiga chiqib, durbinini olib yo‗lga qaraydi va ikki otning yo‗l talashib kelayotganini ko‗radi. Birini durbini bilan taniydi: Ko‗kdo‗nan. Boychibor esa tuyog‗idagi mixlar ozor bergan, oppoq ko‗pikka botgan, tuyog‗idan chiqqan to‗zon bilan to‗riqday bo‗lib ko‗rinadi. Boychiborni tanimay: «Ham otimdan, ham yurtimdan ayrildim», – deb behush bo‗lib yiqiladi. Barchin kelib, Alpomishning holini, yiqilganini ko‗rib, boshini tizzasiga olib, Boychiborni taniydi va unga iltimos qilib tezroq yugurishni so‗raydi: Qurru-yo qur, hayt-a, to‘ramning oti! Oq to‘shim – yayloving, sochim – shipirtki. Barchinning iltimosini Boychibor eshitadi va yanada tezroq yugurishga harakat qilib poygani yutib chiqadi. Barchinoy tishlari bilan Boychiborning tuyog‗idagi gulmixlarni sug‗urib tashlaydi. Shartlarning keyingilari Oyna ko‗li yoqasida Chilbir cho‗lida davom etadi. Yoy tortish, ming qadamdan tanga pulni urish musobaqalarida ham Alpomish g‗olib chiqadi. Nihoyat, gal kurashga keladi. Alplar bilan avval Qorajon kurashadi va ularning hammasini yengadi. Ammo navbat Ko‗kaldoshga yetganda o‗rtaga Alpomish chiqadi. Ko‗kaldosh alp Alpomishga shunday deydi: «O‗zbak! Sen bunday bo‗yni yo‗g‗onlik qilma, g‗aribi go‗riston bo‗lib o‗lma. Hali ham qo‗ygin. Halak bo‗p kelgan yo‗lingdan qolma...» Bu so‗zni eshitib Alpomish Ko‗kaldoshga shunday javob qaytaradi: Har kim o‘z eliga bekmi, to‘rami, O‘zi o‘lmay, kishi yorin berami? Buncha so‘zni lof urmagin, sen qalmoq, Kel endi, maydonda turgin, ey ahmoq. 38 Qattiq bellashuv boshlanadi, ora ochiq bo‗lmaydi. Shunda Barchinoy o‗rtaga tushib Alpomishga Ko‗kaldosh bilan kurash tushishga o‗zi talabgor ekanligini aytadi: Yiqmasangiz, to‘ram, navbat tilayin, Erkak libosini o‘zim kiyayin. ... Qizlar sizni narmoda deb aytadi, Qizlarning aytgani menga botadi. Mardlar olishmaydi, siltab otadi… Bu gaplardan alamga tushgan Alpomish Ko‗kaldoshni yengadi. Shartlar bajariladi va qirq kecha-yu qirq kunduz to‗y bo‗lib, Alpomish Barchinoyga uylanadi. To‗yda barcha rasm-rusumlar, ayollarning «kampir o‘ldi», «it irillar», «chach siypatar», «qo‘l ushlatar» kabi marosimlari ham o‗tkaziladi. Alpomish Qo‗ng‗irot elini o‗z yurtiga olib ketmoqchi bo‗ladi. Boysari o‗z yurtiga qaytishdan bosh tortadi. Uning o‗zi Toychaxon yurtida qoladi, qolganlar o‗z ona vatanlariga qaytadilar. Shu voqea bilan birinchi qism tugab, ikkinchisi boshlanadi. Oradan ma‘lum muddat o‗tgach Barchin otasini sog‗inadi va Alpomishni Boysarini olib kelishga ko‗ndiradi. Alpomish Qaldirg‗ochning eri Bektemir va qirq yigit bilan Qalmoq yurtiga otlanadi. Bu yerda uni Surxayilning tuzog‗i kutayotgan edi. Makr bilan Surxayil hamma yigitlarni o‗ldiradi. Ammo Alpomishga qilich o‗tmaydi, u o‗tda yonmaydi. Shuning uchun katta zindon qazishib uni zindonga tashlashadi. Alpomish yetti yil zindonda yotadi. Boychiborning yordamida yetti yildan so‗ng Alpomish zindondan ozod bo‗lib, Toychaxonni yengadi. Uning o‗rniga boysunlik bir Qayqubod ismli yigitni Qalmoq taxtiga o‗tkazadi. Unga Toychaxonning qizi Tavka oyimni olib beradi. Boysari bu safar ham Qo‗ng‗irotga qaytishdan bosh tortadi. Alpomish o‗z yurtiga qaytib ketadi. Bu yerda Ultontoz ismli bir kimsa Barchinga zo‗rlik bilan uylanayotgan edi. Alpomish Qultoy kiyimida to‗yga kelib, o‗zini tentaklikka solib, ro‗y berayotgan voqealarni zimdan o‗rganadi. To‗qayda yana ramziy musobaqa bo‗ladi. Shu musobaqada Barchin 39 Alpomishning qalmoqlar elidan qaytganini biladi. To‗y buziladi, Ultontoz o‗z maqsadiga yetolmay jazosini oladi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling