Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Shohimardon pir ularga farzand so‗rab beradi. Boybo‗ri o‗g‗illi va qizli, Boysari esa qizli 
bo‗ladi. Shohimardon pirning o‗zi qalandar qiyofasida kelib bolalarga ism qo‗yadi: 
Boybo‗rining o‗g‗liga Hakimbek, qiziga Qaldirg‗och deb, Boysarining qiziga esa 
Barchinoy deb nom beradi. Hakimbekning o‗ng kiftiga besh panjasini uradi. Shundan 
so‗ng Hakimbek o‗tda yonmas, qilich kesmas, o‗q o‗tmas xususiyatiga ega bo‗ladi. 
Bolalar uch yoshiga yetganda ularni maktabga berishadi. Yetti yoshga kirib savod 
chiqarganlaridan so‗ng ularni maktabdan olishadi. Hakimbek harb ishini o‗rganishga, 
davlatni boshqarishga, shohlik, sipohiylik ilmlarini o‗rganishga o‗tadi. Barchin va 
Qaldirg‗och esa qo‗y sog‗ishni, chorvachilik ilmini o‗rganadilar. Yetti yoshga kirgan 
Hakimbek Alpinbiy bobosidan qolgan 14 botmon birinjdan bo‗lgan parlik yoyidan o‗q 
uzib Asqar tog‗ining katta cho‗qqilarini uchirib yuboradi. Shundan so‗ng unga 
«Alpomish» deb nom qo‗yadilar. Kunlardan bir kuni Boybo‗ri Alpomish bilan saxiylik va 
baxillikdan gap ochib, zakot to‗lagan odamning saxiy, to‗lamaganning baxil bo‗lishini 


34 
aniqlaydi. Alpomish eski kitoblarni o‗qib saxiy odamning zakot to‗lashi lozimligini 
aytadi. Boybo‗ri ukasiga zakot to‗lashi kerakligini ma‘lum qiladi. Ammo Boysari 
to‗lashdan bosh tortadi va o‗n olti ming uyli Qo‗ng‗irot elidan maslahat so‗raydi. Shunda 
kattalardan sado chiqmagach, poygakda o‗tirgan Yortiboy ismli oqsoqol shunday deydi:
 
Maslahat bermaymiz Boysariboyga,
Osilmaymiz Boybo‘rining doriga.
Boysari o‗z akasiga zakot to‗laguncha qalmoqlarning yurtiga borib juz‘ya 
(g‗ayridinlarga solinadigan soliq) to‗lashni ma‘qul ko‗radi va Toychaxonning yurtiga 
ko‗chib ketadi. Qo‗ng‗irotliklar unga ergashadilar. Ular Chilbir cho‗lidagi Oynako‗l 
atrofiga yetib keladilar. Bug‗doyzorlarni bilmasdan payhon qiladilar. Qalmoqlar bu 
voqeadan xafa bo‗lib, Toychaxonga shikoyat qilib boradilar; Toychaxon Boysarini 
jazolamaydi. Aksincha, yashash uchun Chilbir cho‗lini, ichish uchun Oynako‗lni beradi.
Qalmoqlar podshohi Toychaxonning to‗qsonta alp bahodiri bor edi. Ularning har biri 
to‗qson botmonli sovut kiyar edilar. Har kuni har biri to‗qsonta qo‗y yer edi. Har oyda 
shohdan to‗qson oltin tanga olar edi. To‗qson alpning eng zo‗ri yetti aka-uka edi. Kattasini 
Ko‗kaldosh, keyingilarni Ko‗kaman, Ko‗kqashqa, Boyqashqa, Toyqashqa, Qo‗shquloq, 
eng kichigini Qorajon deb atar edilar. Boysarining Barchinoy degan bir chiroyli qizi 
borligini bilgan alplar uni so‗rab sovchilikka borishadi. Boysarini «Kelgan boy» deb 
chaqirib, uning qizini so‗rab kelganlarini aytadilar. Boysari ertaga kelishlarini aytib ularni 
jo‗natib yuboradi. Qo‗ng‗irot eliga maslahat solganda, yana Yortiboy turib shunday deydi:
Bu ellarga boshlab kelgan o‘zingdi.
Tortinmay beraber endi qizingdi...
Bu alplarni kuyov qilib olamiz,
Mina elga toza erkin bo‘lamiz.
 
Bu gapdan Boysari qattiq ranjib: «Mening qizim sening singling, nomardlar», – 
deydi. Shunda bu suhbatni eshitib turgan Barchinoy alplarga o‗zi javob berishini aytadi. 


35 
Ertasiga alplar yana keladilar. Boysari qizlari ulg‗ayib qolganligini, 14 yoshga to‗lganini, 
muchali sichqon ekanini aytib, ixtiyori o‗zidaligini bildiradi. Ko‗kaldoshning buyrug‗i 
bilan Ko‗kaman Barchinni aka-ukalarining turmushga chiqish talabiga javob berishi 
uchun o‗tovdan chiqarmoqchi bo‗ladi. Ammo polvon Barchin uni ko‗tarib yerga uradi, 
og‗zidan ko‗pik sachratadi. Barchin Alpomishga xabar yuborishini, o‗rtaga teng shart 
qo‗yishini, shu shartni bajargan kishiga turmushga chiqishini aytib olti oy muhlat so‗raydi. 
Barchinning baquvvatligidan hadiksiragan polvonlar bunga ko‗nadilar.
Barchin Alpomishni chaqirib xat yozadi va Boysun eliga ketayotgan karvondan berib 
yuboradi. Ammo karvonboshidan xatni olgan Boybo‗ri Alpomishning Qalmoq eliga 
ketishini istamasdan xatni sandiqqa yashiradi. Bu xat tasodifan Qaldirg‗ochning qo‗liga 
tushib qoladi va akasiga xabar qiladi. Akasining ikkilanganligini ko‗rib shunday deydi: 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling