Dilnavoz Yusupova


Xolmo‘min, Mullavachcha, Zamonqul


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Xolmo‘min, Mullavachcha, Zamonqul va boshqa obrazlar ham asarda o‗z o‗rniga ega, 
ularsiz Kuntug‗mish va Xolbeka taqdirini to‗laqonli tasavvur qilish qiyin.
Doston xalq og‗zaki ijodidagi barcha she‘riy qoidalar va uslublarni o‗zida jamlagan 
asardir. Unda, xalq dostonlarida bo‗lganidek, voqealar, sarguzashtlar, asosan, nasriy 
bayon etiladi, qahramonlar tavsifi, ruhiy kechinmalari she‘riy yo‗l bilan ifodalanadi. 
Doston tili esa nihoyatda yengil va ravon. Unda rang-barang badiiy til vositalaridan 
unumli foydalanilgan, ayniqsa, hikmatli so‗zlar darajasiga ko‗tarilgan ayrim baytlar hech 
kimni e‘tiborsiz qoldirmaydi: «G‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob», «Qilichdan 
seskanmas botirning tani»«Gavharni ne bilsin ushalgan sopol»«Zarning qadrini zargar 
bilar har yerda», «Kamlikning kamoli bordir, Manmanning zavoli bordir...»


33 
«Yaxshilarning yuzin ko‘rsang jannatdir, Yomon odam qilgan ishi minnatdir»
«O‘zingdan kattani uchratsang pir bil, O‘zingni er bilsang birovni sher bil» va hokazo.
2.7. «Alpomish» dostoni 
 
«Alpomish» dostoni qahramonlik mavzusiga doir bo‗lib, uning 40 dan ortiq varianti 
mavjud. Dostonning Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li ijrosidagi nusxasi 1927 – 1928-yillarda 
Mahmud Zarifov hamda Hodi Zaripov rahbarligida yozib olingan. Mazkur doston IX – 
X asrlarda yaratilgan degan taxminlar bor. Dostonning qisqacha syujeti quyidagicha: 
Qadim zamonlarda 16 urug‗ Qo‗ng‗irot elida Dobonbiy va Alpinbiy deganlar o‗tdi. 
Alpinbiyning Boybo‗ri va Boysari degan farzandlari bo‗lgan ekan. Ammo Boysari va 
Boybo‗rilarning farzandlari yo‗q ekan. Kunlardan bir kuni o‗n olti urug‗ Qo‗ng‗irot elida 
bir chupronto‗y bo‗lib o‗tadi. To‗yda aka-ukalarni o‗zlariga loyiq tarzda kutib olmaydilar. 
Aka-ukalar to‗y egasiga katta to‗yona puli berib, nega yaxshi kutib olishmaganini 
so‗rashganda, ularning farzandlari yo‗q ekanligini yuzlariga solishadi. Boybo‗ri bilan 
Boysari Shohimardon pirining 3 kunlik yo‗l bo‗lgan ravzasiga kelishib, Allohdan ularga 
farzand so‗rab berishini iltimos qilishadi. «Xudoning yaratgan sheri» bo‘lgan 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling