Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Savol va topshiriqlar: 
 
1. Folklor atamasi haqida ma’lumot bering.
2. O‘zbek folkloridagi tur va janrlarga ta’rif bering.
3. Maqollarning o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat? 
4. Maqollarning tuzilishi haqida so‘zlab bering.
5. Xalq og‘zaki ijodining qaysi janrini topishmoq deb ataymiz? 
6. Topishmoqlarni yana qanday nomlar bilan atashadi? 
7. Bir predmetli va bir necha predmetli topishmoqlarga misol keltiring.
8. Nasriy va she’riy topishmoqlarga misol keltiring.
9. Xalq qo‘shiqlari qanday xususiyatlarga ega? 
10. Qo‘shiqlar qanday turlarga bo‘linadi? 
11. Qaysi qo‘shiqlarni o‘yin qo‘shiqlari deya olamiz? 
12. Mavsum qo‘shiqlari sirasiga qaysi qo‘shiqlar kiradi? 
13. Doston haqida ma’lumot bering.
14. Xalq dostonlarining qanday turlari bor? 
3. SHE’RIY VAZNLAR 
 
Shoirning ichki kechinmalari ifodasi bo‗lib, ma‘lum bir qolipga solingan ritmik nutq 
she’r deb ataladi. Ijodkorning qalbiga ma‘lum bir voqea-hodisaga nisbatan paydo bo‗lgan 
munosabat, his-tuyg‗u ichki kechinma deyiladi va mana shu his-tuyg‗u, kechinmaning 
o‗lchamli nutq holiday bayon etilishi natijasida she‘r paydo bo‗ladi. Adabiyotshunoslik 
ilmida nutqning bu tarzda qolipga, o‗lchamga solinishi vazn yoki she‘riy tizim deb ataladi. 
She‘r tizimlari mana shu qolipga solingan nutqqa nimaning asos sifatida olinayotganiga 
qarab bir-biridan farq qiladi. O‗zbek she‘riyatida, asosan, uchta: barmoq, aruz va erkin 
vaznlar qo‗llanib kelingan.


40 
3.1. Aruz vazni 
Aruz vazni VIII asrda arab adabiyotida paydo bo‗lgan she‘riy tizimdir, uning 
asoschisi arab musiqashunos va adabiyotshunos olimi Xalil ibn Ahmad. Aruz so‗zining 
ko‗p ma‘nolari bor. Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon» asarida ma‘lumot berilishicha, 
aruz so‗zi Xalil ibn Ahmad yashagan joy yaqinidagi vodiy, voha nomidan olingan.
IX asr boshlaridan fors-tojik adabiyoti, jumladan, Ro‗dakiy, Firdavsiy, Hofiz 
Sheroziy kabi adiblar ijodida keng qo‗llanila boshlagan aruz vazni XI asrda epik 
she‘riyatda ilk marotaba Yusuf Xos Hojib tomonidan «Qutadg‗u bilig» dostonida 
qo‗llanildi. Aruz vazni qisqa va cho‗ziq bo‗g‗in (hijo)larning she‘r misralarida muayyan 
tarzda guruhlanib takrorlanishiga asoslanadi. Aruz vaznini o‗rganishga kirishish uchun 
dastlab hijolar sifatiga e‘tibor qaratish talab qilinadi.
Aruz vaznida 3 xil hijo bor: cho‘ziq, qisqa va o‘ta cho‘ziq hijolar.  
1. 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling