Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Yigitlar ichida menman o‘dag‘a,
Bedovga yarashar oltindan to‘g‘a,
Ravshanga bermayman Gulanorjonni,


27 
Qizim tugul kuchugimdan sadag‘a.
Buni eshitib turgan Ravshan yig‗lab uyga qaytadi, uni ko‗rgan Yunus pari o‗zim 
borib Avazni ko‗ndiraman deb ovunib o‗tirishi uchun Ravshanga xosiyatli uzugini berib 
chiqib ketadi. Ravshan uzukda Qoraxon podshoning qizi Zulxumorning ismi va suratini 
ko‗rib sevib qoladi. Chunki uning Gulanorga bo‗lgan tuyg‗usi havas bo‗lib, haqiqiy sevgi 
emasdi. Jiyronqush degan otiga minib ketayotganda darvozabon do‗sti bilan suhbatlashib 
o‗tirgan otasi Hasanxonga duch keladi. Hasanxon yolg‗iz o‗g‗lini yuborgisi kelmasa ham 
o‗rtada or-u nomus masalasi borligi uchun «Yolg‘iz bola yovdan yomon» deb o‗g‗liga 
ijozat beradi va nasihat qilib uni kuzatadi.
Ravshan... tog‗-u toshlar, cho‗l-u biyobonlarni bosib o‗tib Shirvonga keladi. Bu 
yerda bir kampirga o‗g‗il bo‗lib yurib, kunlarning birida shaharni aylanar ekan, bozorning 
ustidan chiqib qoladi. Zulxumorning qalpoq tikib, har bozor kuni yigitlarga sotishni rasm 
qilgani, bozordagi ko‗shkning ustida yuzini ochib o‗tirishi, yigitlar ko‗rmanasiga bir lagan 
tilla hadya qilib uni tomosha qilishlarini bilib oladi.
Qalpoq bozorini izlab yuradi.
2
Dostonda bozorlar tasviri orqali xalqimizning qadimgi 
hayoti yoritib berilgan. Ravshan «G‗amning loyiga botibman» jumlasi bilan o‗zining 
g‗amgin holatini ifodalaydi. Ravshanga qalpoq bozorini uning baqirishidan kayfi qochib 
ketgan bir nashavand ko‗rsatib yuboradi. Ravshan u yerda Zulxumor va uning kanizlariga
3
mahliyo bo‗lib: «Yuringlar, Chambil elga ketamiz», – deydi. Qizlar uni tentakka chiqarib 
ketib qoladilar.
Kechqurun ko‗shkka qaytayotgan qizlarga ergashib Zulxumorning bog‗iga borib 
qoladi. Shu asnoda bir to‗p qizlar o‗ynashib-kulishib, gul terishib-talashib Ravshanning 
ustiga kelib qolishadi. Begona yigit pisib yotganini ko‗rgan qizlar qo‗rqib ketib, qiy-
chuvlashib, entikib, dod-voy solib Zulxumorning oldiga borishadi. Gap nimadaligini 
bilgach Zulxumor Oqqiz degan kanizini kelgan yigitning kimligi, qayerlik ekani, nimaga 
kelganini so‗rab, ko‗rmanasini olib kelishga jo‗natadi. Ravshan ko‗rmanaga tillasi yo‗qligi 
uchun Yunus pari bergan sehrli uzukni Zulxumorga yuboradi. Zulxumor uzukni tomosha 
2
Bozor umumiy 145 misrada tasvirlanadi.
3
Zulxumorning kanizlari bu o‗rinda qatorlashib turgan kabutarlarga qiyos etilgan.


28 
qilar ekan, unda o‗zining ismi va suratini ko‗radi, uzuk sehrli va bebaholigini bilib, 
bunday uzuk har kimda ham bo‗lavermasligini o‗ylab, yigitni huzuriga olib kelishlarini 
buyuradi.
Qizlar Ravshanni izzat-hurmat bilan ziyofat qilib, so‗ng yasantirishib o‗rdaga olib 
borishadi. Zulxumor, avvalo, uzuk ko‗zidagi yozuvni taqdirning bitigi deb bilganidan, 
ikkinchidan, yigitni yoqtirib qolganidan uni qabul qilib, ziyofat beradi. Ziyofat adog‗ida 
Zulxumor bilan Ravshanga tilla taxt ustida joy qilib berishib, qizlar chiqib ketishadi.
Bir necha kunni Ravshanbek Zulxumor bilan shod-xurram o‗tkazdi. Ravshanga ko‗p 
iltifot qilsa-da, uning e‘tiborini qozonolmagan hasadgo‗y Oqqiz alamidan Zulxumorning 
bog‗ida o‗zbek yigiti yashayotganligini onasiga aytib beradi. Onasi hamma gapni 
Qoraxonga yetkazadi. Qoraxonning mirg‗azablari Ravshanni Zulxumor bilan uxlab 
yotishgan joyida bandi qiladilar. Podsho yigitni osishga buyuradi. Shunda Shirvon 
kattalari: «Yigitni o‗ldirishga shoshmaslik kerak, yosh yigit ekan, qirq kun muhlat berib, 
zindonga tashlasak, so‗ng chiqarib sizning diningizga kirishini so‗rasak, ko‗nsa, sizga 
kuyov qilsak», – deb maslahat solishadi. Bu gap podshoga ma‘qul keladi. Ravshan 
zindonga tashlanadi. Zulxumor ham qizlari – kanizlari bilan bir hovliga qamab tashlanadi, 
tevaragiga besh yuz sarboz qorovul qo‗yiladi.
Zulxumor kaniz qizlari orqali yashirincha bir necha lahmchi topadi. Hovlidan zindon 
boshigacha lahm kovlatib Ravshandan xabar olib turadi. Qiz u bilan maslahatlashib 
Ravshanning ota-onasiga xat yozadi va xatni o‗rgatilgan mayna qushining bo‗yniga 
bog‗lab, maynani Chambilga jo‗natadi.
Mayna Chambilga yetadi, avval Hasanxonning tomiga tushadi, farzand dog‗ida nola-
fig‗on qilib yurgan Dallini ko‗rib, ayolning Ravshanga ona ekanligini fahmlab, qattiq 
sayraydi-da, uning qo‗liga kelib qo‗nadi.
Xatni olib o‗qib hamma voqeadan xabar topgan Hasanxon Go‗ro‗g‗lining mashhur 
G‗irko‗k otini minib zudlik bilan Shirvonga jo‗nashga qaror qiladi. Xatdan ayon 
bo‗lishicha, Qoraxon bergan qirq kunlik muhlatning roppa-rosa yigirma kuni o‗tgan. 
Yigirma kundan keyin Ravshan yo begona dinga kirishi, yo dorga osilishi kerak.
Go‗ro‗g‗lidan fotiha olib Hasanxon Shirvon yurtiga yo‗l oladi. Qirq kunlik yo‗lni 
yigirma kunda bosib o‗tib Shirvonga kirib boradi.


29 
Ravshan bilan ona-bola tutingan kampirning avval olti o‗g‗li bor bo‗lib, ulardan 
Qoraxon ham hayiqardi. Shu olti o‗g‗illarining o‗limidan so‗ng Ravshanga bolam deb 
mehr qo‗yib, o‗ziga merosxo‗r bo‗lishini istagan edi. Lekin u zindonga tushib qolganda 
katta o‗g‗lining nonxo‗r polvoniga murojaat qiladi. Bu polvonning ismi Aynoq kal bo‗lib, 
uning uch ukasi bor edi. To‗rt aka-ukaning har biri hunarli edi:
Aynoq kal shunday edi: ot, tuya, arava ko‗tarolmas edi. Doim bir yoqqa ko‗chmoqchi 
bo‗lsa piyoda ketar edi...
Jaynoq juda masxaraboz edi, har tusli bo‗la berar edi. Agar birovni aldamoqchi 
bo‗lsa, har tusli bo‗lganda o‗zining jo‗ralari ham tanimas edi.
Ersak kal shunday edi: oqshomlari qo‗liga kamonni olsa qushni ko‗zidan urar edi. 
Juda mergan edi...
Tersak kal sinchi edi: Yilqining tulporini suyagidan tanir edi, qilichning o‗tkirini 
qinidan bilar edi.
Aynoq kal kampirga yordam berishga qaror qilib, o‗ttiz to‗qqizinchi kun qatl kuniga 
tayyorlanib, osh yeb o‗tirishsa
4
, Hasanxon charchagan G‗irko‗kni (Go‗ro‗g‗lining otini) 
minib keladi. Avval uni Jaynoq kal taniydi, so‗ng Ersak kal ta‘riflaydi. So‗ng tanishib, 
so‗rashib ertangi kunga tayyorlanishadi.
Ertasi tongda Ravshanni xaloyiq oldida zindondan ko‗zini bog‗lab chiqadilar. Unga 
vazirlar Qoraxonning diniga o‗tishni taklif qilishadi. Ravshan rad etadi. Oxirgi marta 
ko‗zlarini ochishlarini so‗raydi va otasini ko‗rib yig‗lab yuboradi.
5
Jang boshlanadi.
6
Jangda kallar qahramonlik ko‗rsatadilar. Hasanxon Qoraxonni o‗ldiradi.
Ravshan va Zulxumorning to‗ylaridan so‗ng Hasanxon Shirvonning katta-kichigini 
yig‗ib Shirvonni kallarga topshiradi. Aynoq jo‗rasini Shirvon shahriga podsho qiladi, 
ukalarini vazir, mahram etib tayinlaydi, so‗ng Chambilga qaytadilar. Ularni otasi 
Go‗ro‗g‗libek, enasi Yunus, Misqol parilar, yori xon Dalli, qirq yigit jo‗rasi kutib oladi. 
Shu tariqa qahramonlar murod-maqsadlariga yetadi.
4
Shu o‗rinda Jaynoq kal: «Ertaga qudag‘ay kimga qo‘y so‘yadi», – deydi. Bunda u Qoraxonni qudag‗ay deb uning ahvoli 
yomon bo‗lishiga ishora qiladi.
5
Bu Ravshanning yolg‗iz va erka o‗sgani bilan bog‗liq bo‗lib, juda tabiiy manzaradir. Chunki erka o‗g‗il otasini sog‗ingan, 
yoshi ham atigi o‗n oltida bo‗lib, otasining mehr to‗la nigohini ko‗rib o‗ksinib ketadi.
6
Bu o‗rinda «Oltin kosa, gulgun sharob Ichildi maydon ichinda» tasviri qo‗llangan bo‗lib, bu jang mohiyatini ochishga 
xizmat qilgan. 


30 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling