Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

musaddasi mahzuf.
Yuqorida tahlil qilganimiz – Mashrabning: 
Murodingga yetay desang qalandar bo‘l, qalandar bo‘l, 
Sitam ahlin yutay desang qalandar bo‘l, qalandar bo‘l, –
baytining hijolarini aniqlaganimizda quyidagi holatni ko‗rgan edik: 
V – – – V – – – V – – – V – – –
V – – – V – – – V – – – V – – –
Har ikkala misradagi ruknlar to‗liq, tashlab yuborilmagan, bu holat solim (sog‘lom) 
deyiladi. Ruknlar soni sakkizta ekanligini hisobga olib bayt vaznini nomlasak, uning 
hazaji musammani solim ekanligi ma‘lum bo‗ladi.
Baytlar hijolarining chizmadagi shakli taqti‘ deyiladi. Taqti‘ arabcha so‗z bo‗lib, 
o‗zbek tilida «kesish» ma‘nosini bildiradi. Chunki biz har bir ruknni alohida «qirqib» 
olamiz:
V – – – / V – – – / V – – – / V – – –


49 
V – – – / V – – – / V – – – / V – – –
Ruknlarning nomlarini alohida yozib chiqsak ham yuqoridagi manzaraga 
hamohanglikni ko‗ramiz: 
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun 
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun 
Chizma shaklida ruknlarni «/» belgisi bilan ajratyapmiz.
Vasl hodisasi 
Ko‗plab g‗azallarning vaznini aniqlashda biz vasl hodisasiga duch kelamiz. Xo‗sh, 
g‗azaldagi vasl nima?
«Vasl» arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «uchrashuv», «birlashuv» kabi 
ma’nolarni anglatadi. G‗azal baytidagi bir so‗zning o‗zidan keyin kelayotgan unli harf 
bilan boshlangan so‗zga qo‗shib o‗qilishi vasl deyiladi. Buni yaxshiroq tushunish uchun 
bir baytni olib tahlil qilib ko‗raylik: 
Tun oqshom bo‘ldi-yu, kelmas mening sham’i shabistonim, 
Bu anduh o‘tidin har dam kuyar parvonadek jonim.
(Alisher Navoiy) 
Birinchi misradagi tun so‗zini biz qoida bo‗yicha cho‗ziq deb olamiz, shunda ikkala 
misradagi qolgan so‗zlarning ham hijolarini aniqlasak, quyidagi manzara paydo bo‗ladi: 
– – – – / V – – – / V – – – / V – – –
V – – – / V – – – / V – – – / V – – –


50 
Bir qaraganda hazaji musammani solim vaznidagi she‘r. Lekin birinchi misradagi ilk 
hijo nega cho‗ziq? U qisqa bo‗lishi kerak emasmi? Ha, bu hijo qisqa bo‗lishi kerak, 
shuning uchun tun so‗zini o‗zidan keyin kelayotgan oqshom so‗ziga qo‗shib o‗qiymiz:

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling